D=d+i; i=d+i. O'zgaruvchilar va o'zgarmaslar


Ishorali va ishorasiz tiplar



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə2/12
tarix29.11.2023
ölçüsü142,5 Kb.
#169843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
C tilida bir o\'lchovli ikki o\'lchovli va dinamik massivlar

Ishorali va ishorasiz tiplar
Dasturda qo'llaniladigan butun sonli tiplar ishorali va ishorasiz bo'lishi mumkin. Ba'zan o'zgaruvchi uchun faqatgina musbat sonni qo'llash foydali bo'ladi. Unsingned kalitli so'ziciz keltirilgan butun sonli tiplar (short va long) ishorali hisoblanadi. Ishorali butun sonlar manfiy va musbat bo'lishi mumkin. Ishorasiz sonlar esa doimo musbat bo'ladi.


O'zgaruvchilarning tayanch tiplari
C++ tilida boshqa berilganlar tiplari ham qaralgan. Ular butun sonli, haqiqiy va belgili bo'lishi mumkin. Haqiqiy o'zgaruvchilar kasr ko'rinishda ifodalanuvchi qiymatlarni ham o'zida saqlaydi. Belgili o'zgaruvchilar bir bayt joy egallaydi va 266 ta belgi hamda ASCII belgilarni saqlash uchun ishlatiladi.
ASCII belgilari deganda kompyuterlarda qo'llaniladigan standart belgilar to'plami tushuniladi. ASCII - bu American Standard Code for Information Interchange ( Amerikaning axborot almashinishi uchun standart kodi) degan ma'noni anglatadi.
Kalit so'zlar. C++ tilida ayrim so'zlar oldindan zahiralanadi. Bular kalitli so'zlar deb aytiladi. Bunday so'zlarni o'zgaruvchilarni nomlashda ishlatish mumkin emas. Ularga if, while, for va main kabi so'zlar kiradi. Kompilyatorning texnik dokumentasiyasida barcha zahiralangan so'zlarning ruyxati turadi.
O'zgaruvchiga qiymat berish. O'zgaruvchilarga qiymat berish uchun o'zlashtirish operatori qo'llaniladi. Masalan, Width o'zgaruvchisiga 5 qiymatni berish uchun quyidagilarni yozish lozim:
unsigned short Width;
Width = 5;
Bu ikkala satrni Width o'zgaruvchisini aniqlash jarayonida birgalikda yozish mumkin.
unsigned short Wigth = 5;
Bir necha o'zgaruvchilarni aniqlash vaqtida ham ularga qiymat berish mumkin:
Long width = 5, length = 7;

Bu misolda long tipidagi width o'zgaruvchisi 5 qiymatni, shu tipdagi length o'zgaruvchisi esa 7 qiymatni qabul qildi. Quyidagi listingda o'zgaruvchilarni aniqlashga oid misolni qaraymiz.


O'zgaruvchilarning qo'llanishi.
# include < iostream. h >
int main()
int Buyi=5, Eni=10,Yuzasi;
cout << “Bo’yi:” << Buyi << “ \n”;
cout << “Eni:” << Eni << endl;
Yuzasi= Buyi*Eni;
cout << “Yuzasi:” << Yuza << endl;
return 0;
}

NATIJA:
Bo`yi: 5


Eni: 10
Yuzasi: 50
typedef kalitli so'zi.

unsigned short int kabi kalit so'zlarni ko'p martalab dasturda yozilishi zerikarli va diqqatvozlik talab qilganligi uchun C++ tilida bunday tiplarni typedef kalitli so'zi yordamida psevdonimini (taxallusini) tuzish imkoniyati berilgan. typedef so'zi tipni aniqlash ma'nosini bildiradi.


Psevdonim tuzishda tipning nomi yangi tuziladigan tip nomidan farqli bo'lishi lozim. Bunda birinchi typedef kalitli so'zi, keyin mavjud tip nomi, undan so'ng esa yangi nom yoziladi. Masalan:

typedef unsigned short int ushort


Bu satrdan so'ng ushort nomli yangi tip hosil bo'ladi va u qaerda unsigned short int tipidagi o'zgaruvchini aniqlash lozim bulsa, shu joyda ishlatiladi.





Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin