95
Sichqoncha tugmasini qo‗yib yuborishingiz bilan, makros uchun knopka
pozitsiyasi saqlab qo‗yiladi. Kerak bo‗lsa uni o‗lchamlarini
mahsus
manipulyatorlar yordamida o‗zgartirish mumkin. Tugmani ko‗chirish manipulyator
yordamida bajariladi, u markerlaydigan ramkaning chap tepa burchagida
joylashgan bo‗ladi. Makros nomi avtomatik ravishda tugma ichida paydo bo‗ladi,
agar so‗z juda uzun bo‗lsa tugma o‗lchamini kattalashtirish kerak. Tugmada butun
yozuv ko‗rinishi uchun, shrift o‗lchamini kichiklashtirish
yoki makrobuyruq
nomidan farqli yozuv yaratish mumkin. YOzuvni tahrirlash tugma bosilganidan
keyin bajariladi. Tahrirlash rejimidan chiqish uchun tugma sohasidan tashqarida
bosish yetarli.
Tugma boshqaruvchi element parametrlarni o‗zgartirish
uchun uning ustida
ikki marta bosish yetarli, buning natijasida agar bundan oldin u mavjud bo‗lmagan
bo‗lsa hossalar oynasi ochiladi.
Har bir boshqarish elementida o‗z mumkin bo‗lgan hodisalar ro‗yhati mavjud.
Lekin bog‗lashdagi amallar bir hil bo‗ladi. Misol uchun, biror makrosni
sichqonchaning forma bo‗ylab ko‗chishi bilan bog‗lash uchun,
konstruktor
rejimida forma izohidan tashqarida ozod sohada ikki marta bosish va
Peremeshenie ukazatelya
hodisasi uchun boglanayotgan
makros nomini berish
yetarli.