11
noqulaylikni ham tug‘diradi, asosan tartiblash, guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi
parametrlar bilan ishlashda.
Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu
esa ba‘zi bir operatsiyalarni bajarishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga olib keladi.
Masalan, ma‘lumotlarni bir parametr asosida tartiblash
ikkinchi bir parametr
bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma‘lumotlarni izlab topish
operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Ma‘lumotlarning relyatsion bazasidagi munosabatlar
ustida bajariladigan
asosiy operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
-to‘plamlar ustidagi ananaviy operatsiyalar, ya‘ni to‘plamlarning
birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart
ko‘paytmasi, bo‘lishmasi;
-maxsus
relyatsion operatsiyalar, ya‘ni proyeksiyalash, bog‘lanish
(qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Relyatsion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar
bajarish uchun
mo‘ljallangan tillarni ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va
relyatsion hisob tili (RHT).
RAT relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga,
-algebraga) asoslangan.
Ma‘lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni
ketma-ket yozish asosida
hohlagan natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til
deyishadi.
RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular
foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma‘lum qoidalar to‘plamini beradi.
Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik
tarzda zarur natijani oladi. Shu sabab RHTga protseduralimas til deyishadi.
Dostları ilə paylaş: