15
2-Mavzu:KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING ASOSIY IQTISODIY
KO'RSATKICHLARI
Tayanch so‘zlar.
tannarx, mexanizatsiya, avtomatlashtirish,
uzlikli va uzliksiz jarayonlar,
optimallashtirish, unumdorlik.
Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri anna shu optimal qulay texnologik tizimlarni
yaratishdan iborat. Har bir texnologik operatsiya ishlab chitqarish mobaynida aniq qulay sharoitda olib
borilishi kerak (qulay temperaturada, bosimda, kontsentratsiya va b.), shu qulay sharoitlarni aniqlash
kimyo texnologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bu sharoitlarni aniqlash uchun esa shu kimyoviy
jarayonning nazariy asoslarini chuqur o‘rganib chiqish kerak. Kimyo
texnologiyaning nazariy
asoslarini ishlab chiqish kerak.
Har bir texnologik operatsiyalarga lozim bo‘lgan optimal sharoit aniqlangandan so‘ng, shu
operatsiyalarni o‘tkazish uchun texnika talablariga javob beradigan unumli reaktorlarni va apparatlarni
tanlash kerak. Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri olib borish va jarayonning texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari shu apparatlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir.
Shu sababli texnologiyada kimyoviy reaktorning nazariyasiga, klassifikatsiyasiga,
ularning
ishlash maromiga katta e‗tibor beriladi. Texnologiyaning vazifasi yuqoridagi ko‘rsatilgan vazifalar
bilan cheklanib qolmay, balki yana ishlab chiqarishni tashkil qilish, ish kuchidan to‘g‘ri
va xom
ashyodan ratsional, kompleks foydalanish, maxsulotning va xom ashyoning sifatini uzliksiz kuzatib
turish va boshqalardan ham iboratdir.
Tanlangan texnologiyaning afzalligini aniqlash uchun avvalambor
uning texnik-iqtisodiy
ko‘rsatgichlarini aniqlash kerak, buning uchun, mahsulotning tannarxini xisoblash, sarflangan kapital
mablag‘lar miqdorini nazarda tutish kerak.
Kimyo sanoatining texnika taraqqiyotidagi ahamiyati va axoli ehtiyojini qondirish.
Kimyo sanoati xalq xo‘jaligini ko‘plab miqdordagi turli mahsulotlar bilan ta‗minlaydiki, bularsiz
hozirgi jamiyat taraqiy etishi amrimahol bo‘lur edi. Hozirgi sanoat tarmoqlarining aksariyati
(metallurgiya, mashinasozlik va xokozo) kimyo tufayligina ildam rivojlandi. Chunonchi, yog‘ochni
kimyoviy ishlash yo‘li bilan plasmassa, aktivlashtirilgan ko‘mir, tutunsiz porox, sirka kislota, etil va
metil spirti, atseton, aromatik birikmalar va boshqalar olinadi.
Xalq xo‘jaligini kimyolashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Kimyolashtirish deganda kimyoviy usul, jarayon hamda materiallarni xalq xo‘jaligiga
joriy etish
tushuniladi. Bu esa ishlab chiqarishni maqsadga muvofiqroq rivojlantirish, xom ashedan kompleks
foydalanish, chiqindisiz ishlash imkonini beradi. Masalan mineral o‘g‘it va zaxarli kimyoviy
moddalarsiz qishloq xo‘jaligini jadallashtirish xaqida gap ham bo‘lishi mumkun emas. O‘z navbatida,
plasmassa,
sintetik tolalar, sintetik yuvuvchi vositalar ham borgan sari turmushimizdan keng o‘rin
olmoqdalar.
Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
Kimyo sanoatining rivojlanishi ko‘p jixatdan kimyoviy texnikani takomillashtirish bilan
belgilanadi. Texnika taraqiyotining bosh maqsadi mexnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot
sifatini oshirib, uning tannarxini pasaytirishdir.
Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari;
►1) Unumdorlikni
oshirish;
►2) Apparatlarning ish sur‗atini oshirish;
►3) Sermexnat jarayonlarni mexanizatsiyalash;
►4) Avtomatlashtirish va distantsion boshqarish (ASUTP);
►5) Davriy jarayonlarni uzliksiz jarayonlar bilan almashtirish;
►6) Reaktsiya issiqligidan foydalanish;
►7) Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish;