12
Texnologik jarayonning ketishi bo‘yicha informasiya birlamchi o‘zgartirgichdan (BO‘)
rostlagichga (R) uzatiladi, u o‘z navbatida texnologik parametrning shu vaqtdagi qiymatini belgilangan
qiymatdan farqiga qarab rostlash ta'sir signali ishlab chiqaradi va ijrochi qurilma (IK) orqali ob'ektga
ta'sir ko‘rsatadi.
KTT da ma'lum bir fizik kimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun,
bizga aralashtirgichli
reaktor va shu jarayonni boshqarish tizimi bo‘lishi kerak.
Ushbu KTT tashqi muhit bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lgani uchun, uning holatini kirish X va chiqish
U signallari orqali baxolash mumkin. Kirish signali bo‘lib
odatda xomashyo, uning miqdori, tarkibi,
temperaturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Chiqish signali bo‘lib,
tayyor mahsulot miqdori, uning
sifati, teperaturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
KTTga odatda har xil turtkilar Z ta'sir ko‘rsatadi va texnologik
tizimni belgilangan
sharoitlardan chiqaradi. Bu turtki ta'sirlarini kompensasiya qilish uchun,
odatda boshqaruvchi
ta'sirlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: