11
Masalan, elektrokimyoviy jarayonlar, tok kuchi va kuchlanish bilan, radiatsion kimyoviy jarayonlar esa
qo'llaniladigan radiatsiya darajasi bilan tavsiflanadi.
Texnologik rejim parametrlari tegishli reaktorlarni konstruk-siyalash prinsiplarini aniqlab beradi.
Texnologik rejim parametrlarining optimal qiymati, apparatlarning eng yuqori mahsuldorligi
vajarayonlarda xizmat qiluvchi kishilarning mehnat unumdorligiga to'g'ri keladi.
Shuning uchun ham
texnologik
rejim
parametrlarining
qiymatlari
va
tabiati,
kimyoviy-texnologik
jarayonlar
klassifrkatsiyasida asos qilib olingan.
Kimyoviy texnologiyaning muhim vazifasi kimyoviy mah-sulotlarni ishlab chiqarishda u yoki bu
kimyoviy reaksiyalarning borishi uchun qulay, optimal iqtisodiy samarali usullar va sharoitlarni qidirib
topishdir.
Kimyoviy texnologiya xomashyoni kimyoviy qayta ishlashni boshqarish jarayonlarini, ijtimoiy
va iqtisodiy omillarni resurslar bilan ta'minlash va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta'minlash,
parametrlarning (harorat, bosim, jarayon,
konsentratsiya, xomashyoni qayta ishlash tezligi va
boshqalar) optimal qiymatlarini to-pish, apparatlarni tayyorlash
uchun materiallarni tanlash, jara-
yonning texnologik sxemasini yaratish va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish kabi ishlarni bajaradi.
Bularni amalga oshirishda u kimyo va fizikaning asosiy (fundamental) qonunlaridan foydalanadi.
Kimyo texnologiya tizimlari deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga
oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi.
Shunday kilib KTT, kimyoviy jarayonni, u ketayotgan
kurilmani, jarayonni nazorat va boshkarish vositalarini va ular orasidagi o‘zaro boglikliklarni o‘z
ichiga olar ekan.
Masalan: reaktorda ketayotgan boshkariladigan kimyoviy jarayonni KTT deb karash mumkin.
Dostları ilə paylaş: