1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   308
Issiqlik almashinish jarayoni
— haroratlar farqi mavjud bo'lganda bir (harorati yuqori) 
jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o'tishidir. Bu guruhga sovitish, isitish, bug'latish, 
kondensatlash va sun'iy sovuq hosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga 
bog'liq holda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi, issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi 
sifatida issiq va sovuq muhitlar o'rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi. 
Modda almashinish-
bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan fazalarni ajratuvchi 
yuza orqali ikkinchi fazaga o'tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekular va turbulent 
diffuziyalar yordamida o'tadi. Shu sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar ham deyiladi. Bu guruhga 
adsorbilash, adsorblash, suyuqliklarni haydash, ekstraksiyalash, quritish jarayonlari kiradi. 
Jarayonlarning igi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog'liq bo'lib, modda o'tkazish qonuniyatlari 
bilan 
ifodalanadi. 
Modda 
almashinish 
jarayonlarining 
harakatlantiruvchi 
kuchi 
fazadagi 
konsentratsiyalarning farqi bilan belgilanadi. 
Mexanik, gidromexanik, issiqlik almashinish, modda almashinish
-kabi jarayonlar 
kimyoviy texnologik jarayonlarning elementlari bo'lib, ular «Kkimyoviy texnologiya jarayonlari va 
apparatlari» kursida, kimyoviy jarayonlar esa «Kimyoviy texnologiya» kursida o'rganiladi. 
Kimyoviy texnologiyaning barcha jarayonlari ikkita: kimyoviy va fizik jarayonlarga bo'linadi. 
Kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy texnologik jarayonlarning eng muhim bosqichidir. Kimyoviy texnologik 
jarayonlarni klassifikatsiyalashda kimyoviy reaksiyalarning oddiy, murakkab-parallel va murakkab 
ketma-ketlikka bo'linishi hisobga olinadi. 
Kimyoviy-texnologik jarayonlarning ayrim sinflarini tavsitlashda reaksiyalar, reagentlarning o'zaro 
ta'sirlashuvini tipiga qarab ikkiga: oksidlanish-qaytarilish (gomolitik) va kislota — asosliga (geterolitik) 
bo'linadi. Kimyoviy reaksiyalar vamassa o'tkazish jarayonlari qaytar va qaytmas bo'lishi mumkin, 
shunga qarab texnologik jarayon ham farqqiladi. 
Texnologik jarayonlarning klassifikatsiyasida ularni optimallash uchun zarurbo'lgan texnologik 
rejim katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin