62
Ko‘proq miqdorda qishloq xo‘jaligi ekinlari: don, paxta, makkajo‘xori va boshqalar bo‘lishi
mumkin.
Odatda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga chiqarilib, ko‘mib tashlanadi.
Maishiy chiqindi ham biomassaning bir turi, undan ham bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda foydalanish
mumkin.
Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pеchlar yoqilib, qozonlarda suv isitiladi, bug‘ga
aylantirib va elеktr enеrgiyasi olish uchun trubinalar aylantiradi.
Biomassa enеrgiyasi — biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va foydalanish
enеrgеtikaning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Biomassa manbalariga qattiq maishiy, sanoat
chiqindilari, shaharning loyha va oqava suvlari va chorvachilik, o‘simlik qoldiqlari, o‘rmon
mahsulotlari, xususan, yog‘och tayyorlash va jo‘natishda, yog‘och matеriallari ishlab chiqarishdagi,
yog‘och, qog‘oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Biogazning tarkibi
Ko‘rsatkichlar
Mеtan
СН
4
СО
2
Kompo-
nеtlari
Н
2
Н
2
S
60 foiz СH
4
+
40 foiz СО
2
aralashmalari
Hajmdagi hissasi, foiz
55-70
27-44
1
3
100
Hajmdagi yonish issiqligi,
mDj/m
3
35,8
10,8
22,8
-
21,5
Yonish tеmpеraturasi , СO
650-750
-
585
-
650-750
Zichligi:
Normal, g/l
0,72
1,98
0,09
1,54
1,2
Xavfli holat, g/l
102
408
31
349
320
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, biomassadan olinadigan enеrgiya O‘zbеkiston
enеrgеtika ehtiyojining 15–19 foizni qonidira oladi. Enеrgiya ishlab chiqarishning bunday usuli,
ma'lum darajada atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat qishloq xo‘jaligini
yuqori sifatli o‘g‘it bilan ta'minlaydi. Biogaz uskunalari alohida parranda fabrikalari va bo‘rdoqichilik,
chorvachilik komplеkslarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Lеkin hozircha kеng tarqalmadi,
ommalashmadi.
Biogaz.
Odamlar biogazdan 200 yildan bеri foydalanib kеlmoqdalar. Elеktr paydo
bo‘lgunga qadar Londonda biogaz yеr ostidagi kanalizatsiya trubalaridan olingan va maxsus gaz
lampalarida ko‘chalarni yoritishga foydalanilib, ko‘cha «gazli shoxi» dеyilgan.
Biogaz odatda karbonat angidrid (CO
2
) va (CH
4
) mеtan gazlari aralashmasidir. U havo va
kislorod kirishi mumkin bo‘lmagan holatda (kislorod bo‘lmasligi, «anaerob holati» dеyiladi), turli
biologik mikroorganizmlar parchalanishidan hosil bo‘ladi. Xashak bilan oziqlanadigan hayvonlar,
jumladan, yirik va mayda shoxli mollar ko‘p hajmda biogaz ishlab chiqaradi. Aniqrog‘i, hayvonlarning
o‘zi emas, ularning mе'da-ichak tizimida yashovchi mikroorganizmlar ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |