1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingining zamonaviy ahvoli


(a,b)-rasm. Rangli metall chiqindisi va qo‘ymasi



Yüklə 3 Mb.
səhifə9/14
tarix20.11.2023
ölçüsü3 Mb.
#163026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingin

1.9.(a,b)-rasm. Rangli metall chiqindisi va qo‘ymasi
Bu mahsulotlarning hammasini sifatiga Davlat attestatsiyasi tomonidan birinchi toifa berilgan. «Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» OAJning eng muhim vazifalari va funksiyalari deb quyidagilar hisoblanadi:
- rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks ravishda qayta ishlash, respublika iste’molchilarining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda eksportga etkazib berishni kengaytirish uchun ulardan prokat, qotishmalar va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish;
- mavjud qayta ishlaydigan quvvatlarni modernizasiyalash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, rangli metallarni qayta ishlashning zamonaviy yuksak samarali uskuna va texnologiyalarini tatbiq etish;
- rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda ularni temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilish, shu jumladan rangli metall parchalari va chiqindilari muntazam hosil bo‘lib turadigan yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalarini tuzish yo‘li bilan tayyorlash va qabul qilishning aniq-puxta tizimini tashkil qilish;- topshiriladigan rangli metall parchalari va chiqindilari uchun faqat yuridik shaxslar - temir-tersak topshiruvchilar tomonidan temir-tersak hamda chiqindilar topshirilishini rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar bo‘yicha hisob-kitoblar tizimini joriy etish.
«Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» OAJga hududlarda rangli metall parchalari va chiqindilarini yig‘ish, qabul qilish va birlamchi qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy uskunalar, yuk ko‘tarish va transport vositalari bilan jihozlangan filiallarini yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etish huquqi berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-hissadorlik kompaniyasi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi, "O‘zbekenergo" davlat-hissadorlik kompaniyasi, "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda boshqa idora va tashkilotlarning rahbarlari rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilari aylanishi borasida o‘rnatilgan tartibga rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin