Tarbiyaviy ishlarning xorijiy tajribalari. Tarbiyaviy ishlarni oʻrganishda pedagogika va axborot texnologiyalarini tatbiq etish ppt
Tarbiyaviy ishlarning xorijiy tajribalari. Tarbiyaviy ishlarni oʻrganishda pedagogika va axborot texnologiyalarini tatbiq etish.
REJA:
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni.
3. Tarbiya metodlarining tasnifi.
4. Tarbiyaviy ishlarning xorijiy tajribalari.
5. Tarbiyaviy ishlarni oʻrganishda pedagogika va axborot texnologiyalarini tatbiq etish.
Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.
Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.