Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim.
Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy
hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni
shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo'nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga
demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta ’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o ‘z ichiga oladi. \ /
у O'qish, o'qitish — inson faoliyatining boshqa sohalari singari
ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri
ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham
taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish
mumkin:
1. Muallini «o‘z qo'l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o'quvchi uchun axborot manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon.