Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, individuallashtirish texnologiyasi



Yüklə 166 Kb.
səhifə1/14
tarix08.04.2023
ölçüsü166 Kb.
#95088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH USULLARI, INDIVIDUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI


TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH USULLARI, INDIVIDUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI


REJA:


Kirish
I.BOB Tarbiyaviy jarayon haqida tushuncha.
1.1. Tarbiyaviy jarayonning maqsadi va mazmuni.
1.2. Tarbiyaviy jarayonning tasnifi.

1.3. Tarbiya jarayonining mazmuni. tarbiya tamoyillari


II.BOB . Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni.
2.1. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash jarayon.
2.2. Individuallashtirish texnologiyasaining ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
7
Kirish
Tarbiyaning mutlaqo yangi jarayonni yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya jarayonni bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya jarayon qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.

Yüklə 166 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin