Bolalarda muvaffaqqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish usullari va vositalari Islomova Ozoda Isomiddin qizi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi Anatatsiya



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə1/3
tarix18.05.2023
ölçüsü61,5 Kb.
#116189
  1   2   3
Islomova Ozoda maqola


Bolalarda muvaffaqqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish usullari va vositalari
Islomova Ozoda Isomiddin qizi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi
Anatatsiya:Ushbu maqolada bolalarda muvaffaqqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish usullari va vositalari haqida ma’lumot berilgan
Kalit so’zlar: Ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit, ishonch hissi, qo’llab-quvvatlash, pedagogik mahorat,bilimdonlik darajasi,

Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ulami komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Yuksak ma’naviy ta’lim-tarbiya aslida insonga ona suti, ota o’giti va ajdodlar merosi yordami bilan o’tadi.Ma’lumki, ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Hammasining zaminida ta’lim va tarbiya yotadi.Ta’lim-bu maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan , o’quvchilarni bilim , ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan , bilish qobiliyatlarini o’stiradigan , ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya-bu o’sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.Ta’lim va tarbiya – birining o’rnini biri to’ldiruvchi ne’matdir.Ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish va bolalarda muvaffaqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish uchun o’z kasbining mohir ustasi bo’lgan, muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob bera oladigan pedagog zarurdir. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog’liq. O ‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish kerakligini,nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Albatta, ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi bilimlar, ko‘nikma va malakalarning juda yuqori darajasi asosan ta’limning mazmuni bilan, ta’lim metodikasining takomillashuvi,o‘qituvchining mahorati bilan ta’min etiladi. Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs taʼlim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini taʼminlovchi fikrga ega bo‘lmasligi xususida atroflicha mulohazalar yuritilgan. Bugungi kunda hech kim: “ Yomon o’quvchilar yo’q, yomon o’qituvchilar bor” degan formulani hech so’zsiz qabul qilavermaydi,


O’quvchilarning o’zlashtirmasligida hech kim o’qituvchilarni yoppasiga ayblab o’tirmaydi.
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ta’kidlashicha “o‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar” deya ota-onalardan, “usuli ta’lim ko‘rmagan” deya muallimlardan noliydi. Demak, ta’lim-tarbiyada oila, mahalla, jamoat, maktab hamkorligi hamda bu boradagi muammolar bugun paydo bo‘lgan emas. Bu hamkorlik asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘nlab ta’lim va tarbiya konsepsiyalarini, texnologiyalarini yaratish kun tartibida turgan dolzarb vazifa bo‘lib qolaveradi Bolalarda muvaffaqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etishi uchun pedagog qanday usul va vositalardan foydalanishi zarur? Ta’lim tarbiya jarayonida tarbiyachi va o’qituvchi shaxsi eng muhim omil bo’lganligi tufayli Nasriddin Tusiy “O’qituvchilarni tarbiyalash to’g’risida” nomli asarida shunday fikrlarni ifodalaydi. “O’qituvchi munozaralarni olib borishni rad etib bo’lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o’z fikrlarining to’g’riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalar mantiqiy ifodalanadigan bo’lishi lozim. O’qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo’pol yoki qattiq bo’lishi mumkin emas. Dars paytida o’qituvchi o’zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin”. O’qituvchi o’quvchilar ongiga ta’sir o’tkazishda yetakchilikni o’z qo’liga kiritishi uchun 6 xil usuldan foydalanishi kerak.

Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin