Bolalarda muvaffaqqiyatli ta’lim-tarbiyani tashkil etish usullari va vositalari Islomova Ozoda Isomiddin qizi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi Anatatsiya


-usul. O’quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo’ladigan emotsional xis tuyg’uga berilmaslik. 2-usul



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü61,5 Kb.
#116189
1   2   3
Islomova Ozoda maqola

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 3-usul.
1-usul. O’quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo’ladigan emotsional xis tuyg’uga berilmaslik.
2-usul. Har bir o’quvchining psixologik va ruhiy holatlarini puxta o’rganmasdan uning ongiga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga harakat qilmasligi kerak.
3-usul. Har bir o’quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilan munosabatda bo’lishi kerak.
4-usul. Sinf jamoasining norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlab olishi va uning xatti-harakatidan doimo ogoh bo’lishi kerak.
5-usul. Pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o’zida takomillashtirib borish.
6-usul. O’ylanmay aytilgan har bir so’z, noo’rin fikr-mulohazaning oqibatini hech qachon tuzatib bo’lmasligini o’qituvchi doimo his etishi lozim va bu usullar ta’lim tizimini samarali olib borilishi uchun xizmat qiladi.
Jumladan,o’quvchilarning salbiy xatti-harakatlariga javoban pedagog dars jarayoniniga xalaqit bermagan holda bunday o’quvchilarga turli xil ta’lim metodlarini ularning individual xususiyatlariga mos tarzda qo’llay olishi, shuningdek ular bilan jamoa oldida emas ,individual tarzda shug’ullanish maqsadga muvofiqdir. Ta’limda individual yondashish kamchiliklarga barham berishnigina emas, balki o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o‘qishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib toptirish ishlarini olib borishni ham anglatadi. O‘qishga salbiy munosabatda
bo’lish hollarida bunday munosabatni keltirib chiqargan sabablarga qarab, tarbiyaviy chora-tadbirlar ko‘rish kerak boladi. Bunday sabablar orasida o'qituvchi bilan bo’lgan kelishmovchilik,
o‘quvchi duch kelgan qiyinchiliklar, bilimdagi nuqsonlar, o’z kuchiga ishonmaslik va hokazolar bo’lishi mumkin.O'qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsa­tish uchun o'qituvchining harakatlarida aktyorlik va rejissyorlik malakalari ham mujassamlashgan bo'lishi lozim. ]
Ta'lim vositalari — bu yangi bilimlarni o'zlashtirishi uchun o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt bo’lib,ta'lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta'lim vositalari o'zida o'quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan moddiy yoki ma'naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta'lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar "qanday o'qitish?" savoliga javob bersa, vositalar esa "uning yordamida nimani o'qitish?" savoliga javob beradi.An'anaviy ravishda qo'llaniladigan ta'lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o'quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi. Hozirgi kunga kelib zamonaviy axborot texnika vositalari, kompyuter va internetni ham o'quv jarayonining tashkil etishida bevosita ishtirokini ko'rishimiz mumkin.
Muvaffaqiyatli ta’lim –tarbiyani samarali tashkil etishda ,dars jarayonini dars mazmuniga mos keluvchi turli vositalar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keladi.Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi interfaol metodlardan keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Dars jarayonining oqilona tashkil qilinishi natijasida, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirilib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, obrazli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishlari ta’lim sifatini yanada ko’tarib berishga xizmat qiladi.
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan, pedagogning bilimdonlik darajasi masalasi ham o’ta muhim .Bular quyidagilar;

Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin