Professional ta’lim fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi p.f.f.d. (PhD), v.b.dotsenti Z.R.Bakiyevaning “Corel Draw dasturida ishlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘plami” nomli uslubiy qo‘llanmasiga
TAQRIZ
Dunyoda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarni, jumladan, kompyuter grafikasini joriy etish, ularning didaktik asoslarini o‘rganib, innovatsion usullarini ishlab chiqish texnologiyasi va metodologik asoslarini takomillashtirish, talabalardagi ijodiy faoliyatini modellashtirish yuzasidan AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Koreya, Rossiya kabi davlatlarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa, oliy ta’lim muassasalarida kompyuter grafikasini o‘qitish, bo‘lajak pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini elektron ta’lim tizimida tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida interfaol elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, kompyuter grafikasini yaratish hamda amaliyotda ulardan keng foydalana oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlash zaruratini keltirib chiqaradi.
Ushbu uslubiy uslubiy qo‘llanma muallif tomonidan 60112400-Professional ta’lim (60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridagi fanlari tarkibidan o‘rin olgan Kompyuter grafikasi fanidan “Corel Draw dasturida ishlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘plami” fan dasturiga muvofiq yaratilgan.
“Corel Draw dasturida ishlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘plami” kursi bo‘yicha taqdim etilgan uslubiy qo‘llanmada 3D texnologiya, geometrik ob’ektlarni yaratish, vizual effektlar, turli ob’yetlarni yasash, vektorli grafida ishlash asoslari, Corel Draw dasturida ishlash, chiziqlar bilan ishlash, turli effektlarni berishga doir mavzularda laboratoriya uchun topshiriqlar berilgan.
Uslubiy qo‘llanma “Corel Draw dasturida ishlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘plami” fani bo‘yicha darslarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanmani nashr qilishga tavsiya qilaman.
Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi TATU
“Axborot ta’lim texnologiyalari”
kafedrasi mudiri, dotsent, p.f.f.d.(PhD) D.A.Zaripova
Dostları ilə paylaş: |