Xukumatlararo xalqaro tashkilotlar ( XXT )
- Faoliyat predmeti bo'yicha – siyosiy, iqtisodiy, moliya-kredit, savdo, sog'likni saqlash, madaniyat masalalari bo'yicha va boshqalar.
- Ishtirokchilar davrasi bo'yicha – universal, submintakaviy, mintaqalararo.
- Yangi a'zolar qabul qilish tartibi bo'yicha – ochiq, yopiq.
- Faoliyat sohasi bo'yicha – umumiy vakolatiga ko'ra, maxsus vakolatiga ko'ra.
- Faoliyat maqsadlari va prinsiplari bo'yicha – qonuniy, qonunga zid.
- A'zolar soni bo'yicha – jahon miqiyosidagi, guruhiy xolda faoliyat yurituvchi tashkilot hisoblanadi.
3. XALQARO TASHKILOTLARNING FUNKSIYALARI
Xalqaro tashkilotlarning funksiyalari qo'yidagilarga bo'linadi:
1. Axborot
2. Norma ijodkorligi
3. Nazorat
4. Tezkorlik.
Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari.
Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo'llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). holatlarda ro'y 2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da'vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma'lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da'vat etish, axborot o'z aksini topgan bo'ladi.
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe'llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma'lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.
Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat'iy qoliplarga bo'ysunadi. Masalan, «Ushbu ma'lumotnomani ko'rsatuvchi G'. Mo'minov haqiqatan ham O'zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o'rinbosari lavozimida ishlaydi...»
Dostları ilə paylaş: |