Axmadova Zarifaning Barqaror rivojlanish fanidan maqolasi
3.1-Savol bilan bir xil ekan. Variant 30
1.Olchash va o’lchov birliklari, xosilaviy birliklar.
2.Xatoliklar namoyon bo‘lishi xarakteriga ko‘ra qanday turlarga bo’linadi?
3.Bosim o’lchov vositalarining ishlash prinsipi (yuk porshenli va elektr) 1.1.Xalqaro birliklar tizimi (SI — Sisteme Internationale) (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. Oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11 Bosh konferensiyada qabul qilingan (1960). Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiybirliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik tempratura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi —amper (A), yorugʻlik kuchi — kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi —steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy o‘lchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent o‘lchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.
2.Muntazam xatolik deyilganda, faqat bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchaganda o‘zgarmas bo‘lib qoladigan yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o‘lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo‘ladi, ularni tuzatmalar kiritish yo‘li bilan yo‘qotish mumkin.
Tasodifiy xatolik deyilganda, faqat, bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchash mobaynida tasodifiy o‘zgaruvchi o‘lchash xatoligi tushuniladi. Bu xatolik borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta o‘lchangandagina sezish mumkin.O‘lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda, berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o‘lchash xatoligi tushuniladi.
Agar xatolik o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov birliklarda ifodalangan bo‘lsa, bunday xatolik absolyut yoki mutlaq xatolik deyiladi.
Amalda o‘lchashning nisbiy xatoligidan ko‘p foydalaniladi. Nisbiy xatolik-absolyut xatolikning o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbatidir.