3.Daftarga keltirib chiqaramiz. Variant 29
1.Birliklarni va o’lchashlarni belgilash va yozish qoidalari. Xosilaviy birliklar.
2.Termometrlarning ishlash prinsipini tushuntiring.
3.Birliklarni va o’lchashlarni belgilash va yozish qoidalari. Xosilaviy birliklar.?
1.Xalqaro birliklar tizimi (SI — Sisteme Internationale) (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. Oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11 Bosh konferensiyada qabul qilingan (1960). Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiybirliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik tempratura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi —amper (A), yorugʻlik kuchi — kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi —steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy o‘lchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent o‘lchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.
2.Temperaturani o‘lchash asboblarining ishlash prinsipiga qarab ularni quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:1. Kengayish termometrlari. Bu termometrlar temperatura o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmi yoxud chiziqli o‘lchamlarning o‘zgarishiga asoslangan;2. Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas bo‘lganda temperatura o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan; . Temperatura ta’sirida o‘zgargan termoelektr yurituvchi kuchning o‘zgarishiga asoslangan termoelektr termometrlar;4. O‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarning temperaturasi o‘zgarishi sababli elektr karshilikning o‘zgarishiga asoslangan qarshilik termometrlari;Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari: a) optik pirometrlar – issiq jismning ravshanligini o‘lchash asbobi; b) rangli pirometrlar (spektral nisbat pirometrlari), jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning taqsimlanishini o‘lchashga asoslangan; v) radiatsion pirometrlar –issiq jism nurlanishining quvvatini o‘lchashga asoslangan.