Axmadova Zarifaning Barqaror rivojlanish fanidan maqolasi
3.Yuk porshenli va elektr manometrlar. Yuk-porshenli asboblar etalon va namuna asbob sifatida asosan laboratoriya sharoitida, turli (prujinali) manometrlarni tekshirish va darajalash uchun ishlatiladi. Yuk-porshenli manometrlarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning porshenga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi yuk bilan muvozanatlanishiga asoslanadi. Yuk-porshenli asboblar yuqori aniqligi (0,02—0,2) va o‘lchash diapazonining kengligi (0,1 dan 1000 MPa gacha) bilan ajralib turadi. 3.9-rasmda yuk-porshenli manometr sxemasi ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan R bosim yog‘ bilan to‘ldirilgan silindr 3 ga beriladi. Bu bosim porshenning likopcha 2 va yuk 1 bilan birgalikdagi massasi bilan muvozanatlashadi. O‘lchanayotgan bosim miqdori haqida massasini hisobga olib ma’lum og‘irlik kuchini hosil qiladigan yuklar qo‘yiladi. Porshen bilan yuklarning massalari yig‘indisini hisobga olsak, suyuqlikda hosil bo‘ladigan bosim ushbu formula bilan topiladi: (3.24) bunda M — yuklar va porshenning massasi, kg; S — porshenning foydali yuzi, m2 (bu yuza porshen kesimi yuzi bilan porshen va kolonkaning silindrik kanali orasidagi halqasimon tirqish yuzining yarmi yig‘indisidan iborat); g — erkin tushish tezlanishi, m/s2. (3.24) dan ko‘rinadiki, yuklar massasi qancha ko‘p bo‘lsa va porshen yuzi qancha kam bo‘lsa, R bosim shuncha ko‘p bo‘ladi. Odatda, porshen yuzi uning egilishini (0,5 va 1 sm2) hisobga olgan holda uning bikirligi shartidan topiladi. Porshen va silindr orasidagi tirqish 0,01 mm dan oshmaydi.