Suyuq parafin uglevodorodlarni qo‘llanilashi Izopentan-sintetik kauchuk monomeri-izopren ishlab chiqarishda ishlatiladi. C6-C10 parafin uglevodorodlarning asosiy qo‘llanish sohasi maxsus erituvchilar sifatida ishlatilishi bilan chegaralanadi. C10-C20 parafin uglevodorodlar esa spirtgacha oksidlashda ishlatilib, hosil bo‘lgan mahsulotlar sintetik yuvish vositalarini olishda ishlatiladi.
Qattiq parafin uglevodorodlar Qaysi neft konidan chiqqanligiga qarab neftni moy fraksiyasi (300-500°C)ni deparafinlaganda 30% gacha parafini bo‘lgan C20-C40 qattiq parafin uglevodorodlar olinadi. Moylarni deparafinlash erituvchilar yordamida olib boriladi. Surkov moylari fraksiyasi to‘g‘ri keladigan erituvchi (metiletilketon-benzol, atseton-benzol, benzol- dixloretan aralashmalari, suyuq propan)da eritiladi, so‘ngra eritma sovitiladi va bunda ajralib qolgan parafin filtrlash yo‘li bilan ajratiladi. Erituvchi filtratdan haydaladi va jarayonga qaytariladi. Parafin qoldiq moydan qaynoq erituvchi (masalan, metilen xlorid) bilan yuviladi.
C20-C40 qattiq parafin uglevodorodlar sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich xomashyo hisoblangan a-olefinlar va sintetik karbon yog‘ kislotalarini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, terish = 40-42°C li parafinlar gugurt, teri sanoatida, terish=50-52°C li parafinlar sham ishlab chiqarishda, ho‘l mevalarni konservalashda, kosmetikada, farmatsevtika sanoatida, fotografiya va shu kabilarda ishlatiladi.