1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi


A – Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish; B



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə8/14
tarix30.08.2023
ölçüsü170,5 Kb.
#141103
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn

A – Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish;
B – Turli texnologik jarayonlar;
C – Kimyo va metallurgiya;
D – To‘qimachilik va qog‘oz;
E – Qurilish;
FAmaliy mexanika; yoritish va isitish; dvigatellar va nasoslar; qurol va o‘q–dorilar;
G – Texnik fizika;
H – Elektr.
XPTning har bir bo‘limi sinflarga bo‘linadi. Sinf ramziy ifodasiga bo‘lim indeksi va ikkita raqam kiradi. Har bir sinf shuningdek o‘z nomiga ega. Misol, A – Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish bo‘limi o‘z ichiga “A 01 Qishloq xo‘jaligi”, “A 61 Tibbiyot” va hokazo sinflarni oladi.
O‘z navbatida sinflar kichik sinflarga bo‘linadi, ularning ramziy ifodasiga lotin harfi bilan belgilanadigan bo‘lim nomi, ikki xonali sondan iborat sinf belgisi va kichik sinfni bildiruvchi lotin harflari kiradi. Misol, “A 01 Qishloq xo‘jaligi” sinfi “A 01 D O‘osilni yig`ib–terib olish, o‘rim,...” va hokazo kichik sinflardan iborat.
Kichik sinflar o‘z ichiga guruhlarni oladi. Guruhlarning ramziy belgisiga bo‘lim indeksi, sinf, kichik sinf belgisidan tashqari bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat ifoda kiradi, bu raqamli ifodadan keyin qiya chiziq va ikkita nol qo‘yiladi. Misol: “A 01 D 46/00 Mevalar, sabzavotlar, va hokazolarni yig`ishtirib olish, daraxt va butalarni silkitish qurilmasi”.
Har bir XPT guruhi bittadan bir nechtagacha kichik guruhlarga ega bo‘lishi mumkin. Misol: “A 01 D 46/08 Paxta terimi” va hokazo.
Muayyan kichik guruh indeksi va uning matn bilan ochib beriladigan (masalan, indeks N 01 N 23/00; uning mohiyati Tumbler qayta ulagichlar) mohiyati XPT ruknsi deb ataladi.
Odatda, XPT rukni quyidagi tushunchalar toifasini bildiradi:

  1. Muhofaza qilinadigan ob’ektlar, ya’ni qurilmalar, usullar, moddalar turlariga muvofiq ravishda mahsulotlar va jarayonlar (misol: “A 01 D 46/10 o‘o‘za ko‘sagini poyadan ajratish uchun paxta terish mashinalari”);

  2. Faoliyat sohasining belgisi (misol: “A 61 Tibbiyot yoki veterinariya”).

Birinchi guruh belgilaridan XPT ning barcha darajalari uchun foydalaniladi. Ikkinchi guruh, odatda, ierarxiyaning yuqori darajalarida (kichik sinf va undan yuqori) ularga qo‘shiladi.
XPT ierarxik tuzilma bo‘lganligi sababli, kichik guruhlar ham bir–biriga nisbatan bo‘ysunishda ierarxik tuzilishga ega. Bunda bir kichik guruhning undan yuqori guruhga bo‘ysunishi XPTda maxsus belgi – nuqta bilan belgilanadi. Kichik guruh matni oldidan bir yoki bir nechta nuqta qo‘yiladi, bu uning bo‘ysunish darajasini, xususan kichik guruh unga nisbatan bitta kam nuqtaga ega bo‘lgan yaqin yuqori ruknga bo‘ysunadigan rukn ekanligini ko‘rsatadi. Bunda ruknlar matni oldidagi nuqta ierarxiya bo‘yicha kattaroq guruhning matnini takrorlamaslik uchun uning o‘rnida qo‘llaniladi. Masalan, N 01 F 1/00 – “Tarkibida qattiq magnitli kukunsimon metallar yoki qotishmalar bo‘lgan magnitlar yoki magnit jismlar” ruknining matni quyidagicha tashkil topadi:
N 01 F 1/00 Magnit materiali bo‘yicha farqlanadigan magnitlar yoki magnit jismlar.
1/02. tarkibida qattiq magnit materiallar
1/04.. metallar yoki qotishmalar
1/06... zarrachalar shaklida, masalan kukun.
XPT ruknlari matnining o‘ziga xos muhim xususiyati ob’ektlarni belgilash uchun faqat umum qabul qilingan texnik atamalardan emas, balki ularning vazifasini ko‘rsatadigan atamalardan foydalanilishidir, masalan, o‘ziyurar transport vositalari (“avtomobillar” o‘rniga) yoki issiqlikni izolyasiyalovchi qobiqli idishlar (“termoslar” o‘rniga). Bu xususiyat patent hujjatlarining huquqiy xarakteri, xususan ixtiro hajmini aniq belgilash talablari bilan bog‘liqdir
XPTning ba’zi bir ruknlari izohlar va havolalar shaklidagi “ichki ma’lumot–qidiruv apparati” bilan ta’minlanadi. Bunday havolalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Rukn hajmining cheklanganligini ko‘rsatadi. Misol: Bunday havola u bilan belgilangan mavzu shu ruknning matni bilan qamrab olinganligiga qaramay, u tasniflash tizimining boshqa joyiga kiritilishini bildiradi.

  2. Boshqa ruknlarning ustunligini ko‘rsatadi. Misol: “A 42 V 3/02Bargli yoki maydalangan tamakini namlash yoki quritish (3/12 ustunlikka ega); A 42 V 3/12 Tamakini bug‘lash, fermentlash yoki aromatlash”. Bunday havola ko‘rsatilgan boshqa rukn ustunlikka egaligini ko‘rsatadi, ya’ni agar ixtiro bir vaqtning o‘zida shu ikki ruknga teng kiritiladigan hollarda uni shu ruknlarning birida – A 42 V 3/12da tasniflash maqsadga muvofiqligini bildiradi. Bu misolda bug‘lash, namlashning bir turi sifatida A 42 V 3/12 ruknida indeksatsiyalanadi, tamakini namlashning boshqa usullari esa A 42 V 3/02 ruknida indeksatsiyalanadi.

  3. XPTning ba’zi joylari va kichik bo‘limlarida oxirgi mos rukn qoidasi joriy qilingan. Ya’ni, ixtironing texnik mohiyati bo‘ysunish darajasi teng, ya’ni bir xil miqdordagi nuqtalarga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq rukn bilan qamrab olinadigan bo‘lsa, bu qoidagi muvofiq ixtironing texnik mohiyati ushbu ruknlardan faqat oxirgi ruknda tasniflanadi. Qayd etib o‘tamizki, bu qoida tegishli izohlar bo‘lgan hollardagina, qo‘llaniladi. Masalan, A 61 K, S 07, S 08, S 10 va boshqa sinflarda.

XPTdan foydalanishni engillashtirish uchun Sinflar ko‘rsatkichiga to‘liq yo‘riqnoma – XPTga kirish ilova qilinadi. Shuningdek ixtiro mohiyatiga oid muhim so‘zlar bo‘yicha tegishli indekslarni topish imkonini beradigan Alifbo–predmetli ko‘rsatkich XPTning tarkibiy qismi hisoblanadi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun XPTga Muhim atamalar ko‘rsatkichi (u guruhlar ruknlari nomidan muhim atamalarni ajratib olish yo‘li bilan yaratilgan APKning bir variantidan iborat), Teskari havolalar ko‘rsatkichi (masalan, A rukni uchun boshqa istalgan rukndan A rukniga dalillar keltiriladi) va XPT turli tahrirlarining bir–biriga moslik ko‘rsatkichlari ham chiqariladi.

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin