1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi


Bibliografik ma’lumotlarning patent klassifikatsiyasi va ularni kodlash patent axborotini tahlil qilish va zarur axborotlarni qidirish ishlarini osonlashtiradi



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə10/14
tarix30.08.2023
ölçüsü170,5 Kb.
#141103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn

Bibliografik ma’lumotlarning patent klassifikatsiyasi va ularni kodlash patent axborotini tahlil qilish va zarur axborotlarni qidirish ishlarini osonlashtiradi.



3. Xorijiy patentlashning asosiy tamoyillari va mexanizmlari

Oldingi bo‘limlarda bayon etilganidek, patent qat’iy chegaralangan hududlarda amal qiladi. Shuning uchun ixtironi (shuningdek sanoat mulkining boshqa ob’eklarini) xorijda himoya qilish uchun xorijiy patentlashni amalga oshirish, ya’ni ularni boshqa davlatlarda patentlash zarur.
Xorijiy patentlash, odatda, quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
1.Tovar va texnologiyalar eksportini himoya qilish uchun. Eksport mamlakatida patentlash eksport qiluvchi firmaga ushbu bozorni o‘z tovar (buyum)lari bilan mustahkam egallashini ta’minlaydi. Odatda, ixtiro yoki sanoat namunasi o‘z aksini topgan buyumlarning sotilishi boshlanishidan oldin u yerda analog patentlar mavjudligi, bozor bo‘shligini aniqlash uchun patent tadqiqotlari o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlarning natijalariga qarab patentlar uchun tegishli talabnomalar beriladi. Agar patent (yoki patentlar) olinsa, ushbu eksport qiluvchi uchun tegishli buyumlar, uskunalar va boshqa tovarlarni to‘siqsiz etkazib berish ta’minlanadi, raqobatchilar uchun esa bozor yopiq bo‘ladi.
2.Tovarning uch ajralmas tarkibiy qismi: ichki mohiyati (ixtiro uchun patentni himoya qiladi); tashqi ko‘rinishi yoki dizayn (sanoat namunasi uchun patent); shuningdek savdo imiji (ro‘yxatga olingan tovar belgisi) himoyalangan tovar muvaffaqiyatli eksport qilinishi mumkin.
3.Litsenziyalarni boshqa firmalarga sotish uchun. Bu maqsadda patentlash firma eksportga tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun o‘z ishlab chiqarish resurslariga yoki mahsulot sotiladigan mamlakatda qo‘shma korxona ochish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda amalga oshiriladi. Bunda ixtiro yuqori potensial tijorat qiymatiga ega va xorijiy firmalar undan foydalanish uchun litsenziyani sotib olishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin