Buyumlarning loyihalarini yaratuvchi mutaxassislarni dizayn ustalari, dizayn rassomlan yoki qisqagina qilib dizaynerlar deb ataydilar. Dizaynerlik san'ati qadimdan mavjud bo'lib, rivojlanib kelgan, lekin XX asrning 20 - 30-yillaridan «dizayn» termini muomalaga kiritilgan.
U inglizcha so'z bo'lib, «chizma», «loyiha», «rasm» ma'nolarini bildiradi. Dizayn maxsus faoliyat turi, buyumlar tuzilishi, qurilishini o'rganadigan va ularni badiiy loyihalaydigan san'at sohasi.
Dizayner yaratiladigan buyumga kishilar talabi, davr rivoji va texnologiyasidan foydalanib qulay, sodda, mustahkam, arzon va go'zal buyumlar namunasini yaratish san'ati nazarda tutiladi.
Bugungi kunda avtomobillarning yangi modellari, mebel, idish-tovoq, turli dastgoh va boshqa buyumlarning shakllaridan tortib, kundalik turmushda, ba'zida e'tibor berilmaydigan, oddiy konfet qog'ozlari, markalar, poyabzalga yopishtiriladigan oddiy etiketkalar, har bir buyumning tutqichi-yu uning yuzasiga berilgan ishlov, tanlangan rangi, ishlatilgan xomashyosi - hammasi dizayner mehnatining mahsuli.
36-rasm. Libos dizayni. "LALI" kolleksiyasidan
37-a rasm. Xona interyeri dizayni.
37-b rasm. Landshaft dizayni.
37-drasm. Landshaft dizayni. Maket.
Rassom dizayner buyumni qayerda va qanday ishlatilishini bilishi, shunga qarab buyumning shakli, uning o'lchamlari, materialini tanlashi kerak.
Shuning uchun ham dizayner loyihachi, psixolog, muhandis, sotsiolog, iqtisodchilarning sohasini tushunishi, bozor sharoitini yaxshi bilishi, yaratgan har bir buyumi raqobatbardosh bo'lishini ta'minlashi kerak
Dizayn - sanoat ishlab chiqarishi bilan bog'liq. Sanoatda esa birdaniga ko'plab buyumlar ishlab chiqariladi.
U ko'pchilikka - erkak va ayolga, yosh-u qariga, ziyoli va ishchiga yoqishi, ma'qul kelishi lozim. Bunga esa kuzatish, izlanish, talabni o'rganish orqali erishiladi. Dizayn san'ati ishlab chiqarish sohalariga mos tarzda har xil yo'nalishlarda bo'ladi.
Me'morchilikda, ayniqsa, uning imkoniyatlan har tomonlama namoyon bo'ladi: inter'yer dizayni, ekster'yer dizayni, landshaft dizayni kabilardir.
Mamlakatimizda dastgohlar, transport vositalari, maishiy buyumlarga bo'lgan talab va istaklami ilmiy asosda o'rganish masalasi 1960-yillardan boshlangan. Yirik korxonalar qoshida loyihachi guruhlar ochildi, maxsus loyiha institutlari ishga tushirildi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda ham dizaynerlar maxsus oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida tayyorlana boshlandi.
Bugungi kunda Respublikamizda dizayn san'ati o'zining yangi taraqqiyotini boshidan kechirmoqda. Mamlakatimiz dunyoga tayyor sanoat mahsulotlari bilan chiqayotgan davlatga aylanib bormoqda.
Yangi-yangi mashinalar, dastgohlar va boshqa sanoat mollarining jahon bozorlariga chiqa boshlagani shuning dalilidir, chunki dizayn yutug'i taraqqiyot ramzi, zamon ko'zgusidir.
Dizayn san'ati haqida ma'lumotga ega bo'lgach, amaliy ijodiy faoliyatga kirishishingiz mumkin.
Qiziqishingizga libos dizayni hamda avtomobil dizayni bo'yicha ishlash taklif etiladi.
39-a rasm. Guldasta elementli libos dizayni.
39-b rasm. Kapalak elementli libos dizayni.
Xonani dizayn san'ati talabi asosida jihozlash, bu mashqqa o'tishdan awal asosiy g'oyani, nimaga mo'ljallanganligini aniqlab olishdan boshlanadi.
Masalan, o'zingiz yashayotgan uydagi xonalarni kuzating, do'stlaringizning xonalarini eslang, mehmonxona, darsxona, kelinning xonasi bezatilishi va jihozini taqqoslang.
Agar e'tibor bersangiz, har bir xona o'zining bajaradigan vazifasiga qarab turlicha bezatilgan va jihozlangan.
Sizga taklif qilinayotgan topshiriq variantlaridan biri xona dizayni, libos dizayni, avtomobil dizayni bo'yicha bir nechta eskizlar ishlab olgach, g'oyani qalamda tasvirini ishlab bo'lgandan so'ng rang berishga o'tishingiz mumkin.
Zamonaviy dizayn san'atida libos dizayni o'zining tasviriy-ifodaviy vositalarining boyligi bilan ajralib turadi.
Zero, libos dizayni shakl, rang, rang-barangligi bilan dizaynerga keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Libos dizayni loyihasini yaratuvchi dizayner rassom kabi eskizlar, qoralamalar ishlab, kompozitsiyaning (38-a rasm) hamda ramziy ifoda vositalaridan foydalanish variantlarini qo'llashi mumkin. 39-a-b rasmlarda guldasta hamda kapalakka qiyoslangan libos eskizlari tasvirlangan.