Kasbiy faoliyatda hissiy toliqishni oldini olishning psixoprofilaktik asoslari
Kasbiy psixoprofilaktika ikki guruhga bо„linadi:
A) shaxsning kasbiy shakllanishi psixoprofilaktikasi –
bunda yosh
pedagoglarning kasbiy shakllanishi, kasbiy kamoloti
va pedagogik mahoratni
egallashi uchun olib boriladigan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
B) pedagogik faoliyatdagi destruktiv о„zgarishlar natijasidagi tezkor yordam
– bu holatda emotsional kuyinish sindromi, pedagogik
faoliyatdagi stresslar, va
hissiy
toliqish
sindromlarini oldini
olish
maqsadida
chuqurlashtirilgan
psixoprofilaktik tadbirlar olib boriladi.
Pedagogik faoliyatdagi hissiy toliqish sindromi quyidagi sababalar bilan bog„liq
bо„ladi:
1.Informatsiyaning haddan ziyod kо„pligi;
2.Vaqtni tо„g„ri taqsimaslik;
3.Metodik ta‟minotning notо„liqligi;
4.Qaror qabul qilishning vaqtga bog„liqligi;
5.Pedagogik jaoadagi ma‟suliyatning notо„g„ri taqsimlanganligi;
6.Pedagogik jamoadagi noturg„unlik va boshqalar.
Pedagog jamoasidagi hissiy toliqishning psixprofilaktikasi aynan mana shu
simptomlarga nisbatan tolerant munosabatni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun kasbiy psixoprofilktika quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Ma‟lumotli – asosiy maqsad kasbiy yangiliklar haqida ma‟lumotlar bazasini
shakllantirish.
2. Tashkiliy – turli ta‟lim muassasalaridagi ishni tо„g„ri taqsimlanishi.
3. Adaptiv psixoprofilaktika – shaxsning kasbiy moslashuvi, ya‟ni pedagogik
jamoaga moslashuvini о„z ichiga qamrab oladi.
4. Pedagoglardagi depressiyani oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar
5. Pedagogik
jamoadagi hamkorlik buzilganda, nizolar yuzaga kelganda olib
boriladigan korreksion profilaktika.
6. Kasbiy reabilitatsiya.
7. Shaxsdagi kasbiy yо„nalganlikni oshirishga
qaratilgan manipulyativ
profilaktika.
Pedagogik jamoada aynan hissiy toliqishlarni, emotsional kuyinishni bartaraf
etish uchun kompleks chora-tadbirlar rejasi tashkil qilinadi.