O’quvchilarning individual o’quv dasturi asosida mustaqil ishlashlari
|
Muammoli yonda-shuvni amalga oshirishning individual maromi
|
Rivojlanti-ruvchi ta’lim
|
Shaxs va uning qobiliyatlarini rivojlantirish
|
O’quv jarayonini shaxsning ichki imkoniyatlari va ularni ro’yobga chiqarishga yo’naltirish
|
O’quvchilar faoliyatini turli sohalarga yo’naltirish
|
Differen-tsiallashgan ta’lim
|
O’quvchilarning layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish
|
Turli o’zlashtirish darajalari bo’yicha majburiy me’yor (standart) dan kam bo’lmagan hajmdagi dastur materialini o’zlashtirish
|
Individual ta’lim metodlari
|
Faol o’qitish (majmuaviy ta’lim)
|
O’quvchilar faolligini yuzaga keltirish
|
Bo’lajak kasbiy faoliyatning predmetli va ijtimoiy mazmuni-ni modellashtirish
|
Faol o’qitish metodlari
|
O’yin texnologiya-lari
|
Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning shaxsiy faoliyat tavsifida bo’li-shini ta’minlash
|
O’quv axborotlarini qayta ishlash va o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil bilish faoliyati
|
O’quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etishning o’yin metodlari
|
Shuningdek , hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik - (tajriba)
Sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid)
Atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik –(haqiqatni topish)
Yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreaktiv –(ijodiy)
Tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inversion –(almashtirish)
Axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini almashtirish xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ – (yaxlitlash)
Axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik qismlarning o’zaro ajralmas bog’liqligi ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash.
Adaptiv – (moslashtirish)
Axborotlarni o’rganish va ulardan foydalanish jarayonini o’rganish hamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv – (tenglik)
O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o’quvchilarni sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishni tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, ta’lim metodik usullari, maqsad, vositalari, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy natijalariga erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi.
5. Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq.
Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metod - grekcha metodos so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman, yo’naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma’noni anglatsa, metodika - grekcha so’z bo’lib tushuntirishning yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni anglatadi.
Metodis olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq, ta’riflarning umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin.
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasidir (1-ta’rif).
Metodika - o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat (2-ta’rif).
Metodika - fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arfmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga ajraladi. (3-ta’rif).
Metodika - o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir. O’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif).
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi.
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha:
O’qitish metodi uch xil. 1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi). 2. No’ananaviy metod (o’n qismga bo’linadi). 3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga bo’linadi). Jami 24 ta o’qitish metodikasi bor.
Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. «Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo’g’ib tashlamagani deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni qiziquvchanlik) rag’batlantirish yo’li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo’lmasa, u shubxasiz, mavh bo’ladi» (A.Eynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o’qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi tomonlari ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o’zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarning turg’unligi, ko’plab «agar...»lar (agar o’qituvchi iste’dodli bo’lsa, agar bolalar qobiliyatli bo’lsa, yaxshi ota-onalar bo’lsa... kabilar) yo’qligi bilan farq qiladi.
Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan metoddan farq qiladi.
Metod-biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo’llaniladi. Usul - nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish tartibi.
Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni, ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langanligi bilan ajralib turadi.
Tayanch so’z va iboralar: Redogogik texnologiya, ta’lim jarayoni, sub’ekti, ob’ekti, bilimni to’liq o’zlashtirish, tamoyil, dars qismlari, modulli ta’lim, muammoli ta’lim.
Foydalangan adabiyotlar.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.– T., 2006.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006.
Yo‘ldoshev J.G‘. «Pedagogik texnologiya asoslari»yu –T.: «Pedagog», 2004.
Saidaxmedov N.S. YAngi pedagogik texnologiyalar – T.: “Moliya”, 2003.
Ishmuhamedov R.J. va boshqalar. Ta’limda innovason texnologiyalar.-T.: 2008.
|