Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va
metodikadan farqi.Pedagogik texnologiya turlari.
(2 ma’ruza)
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Mavzu
|
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi.
|
Darsning maqsadi va vazifalari
|
Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik texnologiya va uning metodikadan farqli jihatlarini tinglovchiga yetkazib berish.
|
Dars mazmuni
|
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya tushunchasining kelib chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan ehtiyojlar.
O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyani tanlash.
Pedagogik texnologiyaning rivojlanish omillari.
|
O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
Shakl:savol-javob, suhbat,
Metod:Klaster
Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari, A-4 format qog’ozi, marker, darslik, ko’rgazma qurollar.
Usul:og’zaki, yozma, ko’rgazmali, taqdimot.
Nazorat: test savollari va javoblari.
Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini baholash.
|
Kutiladigan natijalar:
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
|
Yangi nazariy bilimlar beradi.
Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.
Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasini beradi.
Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasi va uning ta’riflarni slayd orqali tushuntiradi.
Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumot to’plashga yo’naltiradi.
Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasi uning ta’riflari metodikadan farqini tinglovchilar klaster metodi orqali bajarishadi.
Tinglovchilarda pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’otadi.
|
Yangi nazariy bilimlar olishadi.
Axborot izlash, to’plash va foydalanish ko’nikmalari shakllanadi.
Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasini beradi.
Mustahkamlaydi va o’z o’zini baholaydi hamda o’zgalar faoliyatini tahlil qiladi.
Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi.
Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.
Tinglovchilarda pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’onadi ijobiy munosabatlari rivojlanadi.
|
Kelgusidagi rejalar:
|
O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Yangi pedagogik texnologiyani takomillashtirish.
|
O’z fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
|
1. Pedagogik texnologiya tushunchasi haqida.
O’tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz kechib ta’limning har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari, yangi o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.
Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.
Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo.
2. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |