1. Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri Jamiyat rivojlanishida ta'limning o'rni


Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari



Yüklə 32 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü32 Kb.
#209344
1   2   3
1. Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri Jamiyat rivojlanishida ta

Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:

1. Kasbiy pedagogik bilimlar;


2. Pedagogning gumanistik yo'nalganligi;
3. Kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi.
4. Pedagogik texnika (ko'nikma-iqtidor)
5. Pedagog shaxsi.

Pedagogik mahorat fanining vazifalari: tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiyot ettirishda tarbiyaning rolini ochib berish, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi bog'lanishlarni ko'rsatish. Shuningdek, pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatib beradi.


O'qituvchining kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxs fazilatlari:

1. Dunyoqarashi, e'tiqod va ideallari, madaniyatliligi (o'qituvchi o'z talabalarida shakllantirishi lozim bo'lgan ahloqiy kategoriyalar).


2. Pedagogik faoliyatga ijobiy munosabat, shaxsning pedagogik yo'nalganligi – o'qituvchining o'zini pedagogik faoliyatga bag'ishlashga bo'lgan intilishi.
3. Kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma, malakalar (ta'lim-tarbiyani olib borish uchun zaruriy usul, vositalarni bilishi).
4. Pedagogik qobiliyatlari - ta'lim-tarbiyaviy maqsadlari va talabalar xususiyatlarini inobatga olgan holda zaruriy usul, vositalarni samarali qo'llay olishi.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda 3 ta guruhga bo'lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
Shaxsiy qobiliyatlar:

  • ta'lim oluvchilarga ijobiy yo'nalganlik – ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan do'stona munosabat, xayrixohlik.

  • vazminlik, o'z hissiyotlarini nazorat qila olishi – har qanday vaziyatda o'zini yo'qotib qo'ymaslik. Lekin vaziyat talab qilganda o'qituvchi zaruriy tarzda o'z hissiyotlarini namoyish qiladi (quvonch, qayg'u, g'azab). Lekin vazminlik befarqlikka aylanib ketmasligi kerak.

  • o'z psixik holati, kayfiyatini boshqara olish – o'qituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush holat ro'y bergan bo'lsa ham o'zini tetik tutishi kerak.

Didaktik qobiliyatlarga:

  • tushuntirish qobiliyati – o'rganilayotgan materialni talabalar uchun tushunarli qilib etkazish, buning uchun o'qituvchi talabalar uchun yangi bo'lgan materialni “ularning ko'zlari bilan ko'ra bilishi kerak”.

  • akademik qobiliyati – o'z fanini, sohasini chuqur bilishi, dunyoqarashining kengligi.

  • nutq qobiliyati – o'z fikrlari, his-tuyg'ularini tushunarli qilib ifoda etishi, muloqotning noverbal vositalari: mimika va pantomimikalardan o'rinli foydalana olishi. Bunda suhbat predmetini bilish, etkazayotgan ma'lumotlariga nisbatan ishonch, nutqni “og'irlashtiruvchi” tuzilmalardan foydalanmaslik, qo'llanilayotgan atama va tushunchalarga izoh berish, nutq tezligi va ovoz balandligi nazarda tutiladi.

Tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlarga:

  • tashkilotchilik qobiliyatlari – 1) talabalar jamoasini tashkillay olish va 2) o'z faoliyatini tashkillay olishi. Rejalashtirish, nazorat qilish.

  • kommunikativ qobiliyatlari – talabalar yosh va individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda muloqotni to'g'ri tashkillash.

  • pedagogik kuzatuvchanlik – talabaning ko'rinishidan undagi ichki kechinmalar, kayfiyatini bilib olish, sezgirlik.

  • pedagogik takt – talabaga pedagogik ta'sir ko'rsatishda aniq vaziyatdan, talaba shaxsi xususiyatlaridan kelib chiqish va uning nafsoniyatiga tegmaslik.

  • suggestiv qobiliyat – talabaga emosional-irodaviy ta'sir o'tkazish, talab qo'yish va talabning bajarilishini qat'iy nazorat qilish (bir tomondan qo'rqitishsiz, qistovsiz – boshqa tomondan bo'shlik qilmasdan).

  • Pedagogik faraz (hayol) –o'z harakatlari natijasini, talaba shaxsida bo'lib o'tadigan o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilish.

  • diqqatni to'g'ri taqsimlay olish – bir paytning o'zida bir necha faoliyatni olib borish: materialni bayon qilish, o'z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan savollarga javob berish, talabalar jamoasi hulqini nazorat qilib turish (Kruteskiy V.A. Psixologiya. Uchebnik dlya slushateley pedagogichesix uchili. M.,1987) - qobiliyatlari kiradi.

Pedagogik texnologiya pedagoglarning talabalarga ta'sir o'tkazishda zarur bo'lgan kasbiy qobiliyatlar tizimini aniqlaydi va pedagogik jarayonga texnologik yondashuvni amalga oshirishda ko'maklashadi.
Pedagogik jarayonni samarali tashkilash uchun mos pedagogik texnologiyani tanlash va pedagogik jarayonni boshqarish uchun o'qituvchidan barcha yuqorida ko'rsatib o'tilgan qobiliyatlar talab qilinadi. Shunday ekan,
PYEDAGOGIK TYEXNOLOGIYa VA PYEDAGOGIK MAHORAT TUShUNChALARI ChAMBARChAS BOG'LIQDIR va har qanday pedagogik texnologiyani qo'llash jarayonida pedagog qanday yo'l tutishi, ma'lum holatda unda qaysi qobiliyatlar mavjud bo'lishi kerakligini tahlil qila olamiz.
MS: Siznigcha, maktab o'qituvchisi va oliy o'quv yurti o'qituvchisi pedagogik faoliyatlarida farq bormi?
Oliy o'quv yurti o'qituvchisi faoliyatining asosiy mazmuni bir necha turli vazifalardan iborat: ta'limiy, tarbiyaviy, tashkillovchi va ilmiy izlanish.

Pedagogik funksiyalarni amalga oshirishda o'qituvchi quyidagi masalalarni echadi:



  1. Loyihalashtirish

  2. Tuzish

  3. Tashkillash

  4. Kommunikasiya

  5. Gnostika

  6. Kompyuterni qo'llash

Adabiyotlar:



  1. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. – T.: 1997

  2. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: 1997

  3. Karimov I.A.. Adolatli jamiyat sari. – T.: «O'zbekiston», 1998

  4. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya. Pedagogik mahorat. – T.: “O'qituvchi”, 2003

  5. Voinova M.G. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo (v prep. yurid.dissiplin) – Tashkent, “Iqtisod-moliya”, 2006

Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin