MASALALAR .
(har biri 5 balldan)
1. Siz bankka 10 mln.so’mni yillik 17% dan 7 oy muddatga omonatga qo’ydingiz. Murakkab foiz formulasi
orqali 7 oy uchun hisoblangan
foiz miqdorini aniqlang
2. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini
bo’lajak qiymatini aniqlang.
.
15-
variant
TEST .
1. Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan
daromadlik ... deb ataladi
A)
foiz stavkasi;
B) Diskont stavka;
C) dividend;
D) foyda.
2. Fond birjalarida oldi-sotdi bitimlari tuzishda vositachilik
qiladigan, odatda, mijoz topshirig‘iga ko‘ra
va uning hisobiga
ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo
bitimlari tuzadigan yuridik shaxslar ... deyiladi.
A) diller;
B) broker;
C) treyder;
D) makler.
3. Foiz stavkasi davri qancha muddat deb qabul qilingan?
A) 1 oy;
B) 1 kvartal;
C) 1 yil;
D) 2 yil.
4. Aksiyadan qanday turdagi daromad olish mumkin?
A) dividend;
B) foiz;
C) Dividend va marja.
D) dividend va aksiya kursi
oshishidan olingan daromad;
5. Moliyaviy
vositachilarning asosiy vazifasi to’g’ri
ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A) moliya
bozoridagi
mijozlarni
shaxsan
ular
ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara
beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan
ta’minlash;
B) banklardagi mijozlarni
shaxsan ular ishtirokidagi
operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan
moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash;
C) sug’urta
bozoridagi
mijozlarni
shaxsan
ular
ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara
beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan
ta’minlash;
D) axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar mijozlarni
shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra
yuqoriroq samara beradigan
moliyaviy mahsulot va
xizmatlar bilan ta’minlash.
6. O’rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday
nomlanadi?
A) pul bozori;
B) kapital bozori;
C)
valyuta bozori;
D) fond bozori.
7. Xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z
faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb
qilishda yordam beruvchi moliyaviy vositachilar tog’ri
ko’rsatilgan javobni belgilang?
A) o’zaro fondlar;
B) sug’urta kompaniyalari;
C) investitsion banklar;
D) venchur kompaniyalar.
8. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy
subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy
subyektlarga oqib o’tishi nima deyiladi?
A) moliyaviy vositachilar;
B)
xalqaro firma;
C) pul oqimi.
D) moliyaviy oqim;
9. Uy xo’jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday
aktivlarga yo‘naltirish kerakligini uy xo’jaliklarining qaysi
qarori asosida aniqlashimiz mumkin?
A) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan
investitsion
qarorlar;
B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish
to‘g‘risidagi qarorlar;
C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar;
D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar.
10. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga
kirmaydi?
A) pul bozori;
B) xo'jalik buyumlari bozori;
C) valyuta bozori;
D) kapital bozori.