21
3.Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida
ushbu jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug‘doyni
bitta boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning
hoxishiga mos kelishi lozim. Ya’ni mazkur holatda, temirchining bir qop
bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq, temirchiga bir qop bug‘doy emas,
balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi,
so‘ngra qo‘yni temirchiga olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi.
Ko‘rinib turibdiki, kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va
ayirboshlash hajmining ortishi natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi
vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta,
o‘sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa
mehnat
qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin ularni olib yurish va
xavfsizligini ta’minlash odamlarga turli noqulayliklarni keltirib chiqargan.
Pulning vazifasini bajargan bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash
narsalar esa vaqt o‘tishi bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini
yo‘qotgan. Shu bilan birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham
odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni muomalaga to‘lov
vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka ko‘rinishida
tayyorlangan bo‘lsa, keyinchalik to‘rtburchak, uchburchak, yumaloq
ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.
Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar o‘rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–
rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov vositasini
bajarganda ularning baho masshtabini tanganing og‘irligi bilan anqilangan.
Keyinchalik bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vositasini bajarganda esa
baho masshtabi qimmatbaho metallarning nafaqat og‘irligi,
balki ularning
xossalari orqali ham aniqlanadigan bo‘ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning vazifasini
bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini
tartibga solishga ehtiyoj
bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan asl
pul hisoblanib, uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda
tartibga solinib boriladi. Ya’ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin
massasi (qiymati)ga nisbatan kam bo‘lsa muomaladagi ortiqcha oltin
tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi. Agar, aksincha, muomalada
oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam bo‘lsa boylik sifatida
22
xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar muomalaga chiqarish orqali o‘zaro
muvozanat ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: