1. Pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif



Yüklə 93,7 Kb.
səhifə6/15
tarix24.12.2023
ölçüsü93,7 Kb.
#190905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja kirish pul-fayllar.org

Pul jamg’arma vositasi vazifasi. Pulning bu vazifasi sotish va sotib olish
jarayoniga zarurat bo’lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab
chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar
sotib olmasa pul muomala va to’lov oborotidan chetlashadi. Yig’ilgan pullar
jamg’arma vositasi vazifasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala
jarayoni pulni jamg’arishga imkoniyat yaratadi. Jamg’arma ikki yo’nalishda
yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg’arish yoki umuman jamg’arish.
Shunaqa jamg’armalar borki, aniq bir mo’ljal bo’lmagan holda
yig’ib boriladi, maqsadli jamg’armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy
joy sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun
mablag’ jamg’aradilar.
Pulning jamg’arma vositasi vazifasi pulning pul oborotidan chiqib ketishiga
olib keladi. Jamg’armada pul pul oborotining qaysidir kanallarida turib
qoladi va
natijada u mavjud oborotdan ajralib ma’lum vaqtgacha oborotga qaytib
tushmasligi mumkin. Pulning jamg’arma va boylik to’lash vositasi vazifasi
pul muomalasini stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish
hajmining uzluksiz o’zgarib turishi, pul massasining doimiy o’zgarib
turishiga olib keladi.
Qimmatbaho metallar, buyumlarning muomalaga kelib-ketib turishi, pul
massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi



15
ko’payib ketishining oldini olishi mumkin. Pulning muomala vositasidan


chiqib jamg’armaga aylanishi va jamg’armaning muomala vositasiga
aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab turuvchi zaruriy shart
hisoblanadi. Pulni jamg’arishga undaydigan omil-uning maxsus tovar,
umumiy ekvivalentligi ya’ni, boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda
almashtirish mumkinligidadir.
Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning sifati, soni
bor. Pulning sifati cheksiz bo’lishi, ya’ni pulni zarur bo’lganda xoxlagan
tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o’lchansa, son jihatdan,
albatta, pul summasi cheklangan bo’lishi mumkin, chunki unga cheklangan
miqdorda tovar sotib olish mumkin.
Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan
cheklanmaganligi o’rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu qarama-
qarshilik pulni jamg’arishga, pul qancha ko’p bo’lsa, uni yanada
ko’paytirishga intilishga olib keladi. Jamg’arma vazifasi pul muomalasida
asosiy bo’lmasa-da, uni olib borishda katta ahamiyatga ega. Jamg’arish,
xazina to’plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina
to’plash vositasi rolini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho
metallar, toshlar o’ynab kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik
(pul) sifatida jamg’arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa
qimmatbaho metall, toshlarning roli rivojlangan mamlakatlarda deyarli
yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo’lsa, pulni biror
qimmat baho metallga qo’yib qotirib qo’ygandan ko’ra, unga davlat yoki
korporatsiyalarning qimmat baho qog’ozlarini sotib olib, ulardan har yili
daromad ko’rgan ancha qulay hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o’z pulini
to’g’ri jamg’arib boyib kelar ekan. Qolganlari bo’lsa pulni topadi, lekin
qanday jamg’arish yo’lini bilmasdan uni yo’qotarkan.
Bozor iqtisodi yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mablag’ini quyidagi
aktivlarga qo’yish afzal hisoblanadi.
Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog’ozlari, ya’ni uzoq muddatli
obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo’yish. Davlatning qimmatbaho
qog’ozlari kafolatlangan bo’ladi va ularning bahosi kamdan-kam hollarda
o’zgaradi. O’zgarganda ham sezilarsiz miqdorda o’zgaradi. Shuning uchun
ham davlat qimmatbaho qog’ozlari yuqori likvidlikka ega bo’ladi.
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatbaho
qog’ozlari, ya’ni aktsiya va obligatsiyalariga qo’yish. Korporatsiya,



16
korxonalarning aktsiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan


kam bo’lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib
ketsa, qo’yilgan mablag’ ko’zlangan natijani bermasligi mumkin. Agar
mablag’ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog’oziga qo’yilsa u
davlatning qimmatbaho qog’oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi
mumkin.
O’zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning
qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini
vujudga keltirish va rivojlantirish bo’yicha ancha ishlar amalga
oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirish
va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O’zbekiston
iqtisodini rivojlantirishning asosiy dastaglaridan biri bo’lib qoladi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlarlariga
qo’yish yo’li bilan jamg’arish. Bu usulda iqtisodning ijobiy va salbiy
tomonlarga o’zgarishiga qaramasdan buyumda ifodalangan qiymat o’zini
yo’qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodga ega bo’lib, bozor
munosobatlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, bu aktivlarning likvidligi uncha
yuqori bo’lmasligi mumkin. Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo’lgani
uchun, uni xohlagan vaqtda, xohlagan to’lovni to’lashga yo’naltirilishi
mumkinligi uchun, u nominalini o’zgartirmasligi uchun pul jamg’arma va
xazina to’plash vazifasini bajaradi.
Pul jamg’armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul
shaklida emas, boshqa shakllardan - masalan, uy-joy, yer, mashina, asbob-
uskuna, aktsiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi
mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar
inflyatsiya bo’lmasa) past bo’ladi va ularning narxi ham o’zgarishi mumkin.
Yer, uy-joy, asbob-uskuna, qimmatbaho qog’ozlarni pulga aylantirmasdan
turib biror to’lovni qoplash uchun yo’naltirib bo’lmaydi. Pulni bo’lsa
xohlagan paytda turli to’lovlarni qoplash uchun yo’naltirish mumkin.
Inflyatsiya sharoitida pulni jamg’arish xohlagan rejani amalga oshirishga
imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg’ariladigan pullar o’z qadrini bir
necha marta yo’qotib boradi va unga ishonch yo’qoladi. Bu sharoitda milliy
pul birliklari muomala va to’lov vositasi, hamda baholar masshtabi bo’ladi,
lekin jamg’arish vositasi bo’lib barqaror biror chet el valyutasi muomalaga
kiradi va pul aktivlari shu valyutalarga almashtiriladi. Shu holni 50-yillarda
janubiy Koreyada, 70-yillarda Isroilda, hozirgi kunlarda MDYo davlatlari
amaliyotida ko’rish mumkin.



17
Odatda, pul barcha vazifalarini bir vaqtda ketma-ket bajarishi mumkin.


Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning
vazifalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40-yillarda
Xitoyda tovarlar bahosi AQSh dollarida aniqlangan, hisob kitoblarda, tovar
sotish va sotib olishda Xitoy valyutasi qo’llanilgan. Xuddi shunday hol
giperinflyatsiya davrida Isroilda, Argentina, Meksika, kabi mamlakatlarda
joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valyutasi muomala va to’lov
vositasi sifatida ishlatilgan.
Adabiyotlarda pulning jaxon puli vazifasi to’g’risidagi g’oyani ham
uchratish mumkin. Bu vazifani biror valyutaga bog’lab qo’yish to’g’ri deb
bo’lmaydi. Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, tashqi savdo, xalqaro
aloqalar, xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi jahon puli sifatida
oltinning qo’llanilishiga olib kelgan. 1867 yilda Parijda qabul qilingan
kelishuvga asosan oltin davlatlar o’rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida
qabul qilingan. 1922 yilda Genuyada o’tkazilgan konferentsiyasidagi valyuta
bitimiga asosan AQSh dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o’rinbosari
sifatida e’lon qilindi va xalqaro to’lovlarda qo’llanila boshladi. 1944 yildagi
Brettonvud konferentsiyasidan keyin jahon puli vazifasi oltinda qoldirilgan
holda, xalqaro to’lovlarda AQSh dollaridan ko’proq foydalanishga imkoniyat
berildi. Dollarni oltinga almashtirish bo’yicha dollar kursi belgilandi va 35
dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi.
Keyinchalik har xil valyuta bloklari, valyuta kliringi tashkil qilindi. 70-
yillardan boshlab xalqaro to’lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob
va to’lov birligi SDR (Special Dzawind Ridts) qo’llanila boshlagan. 1971 yilda
SDRning oltin miqdori AQSh dollarinikidek 0,888 671 gr. oltinga teng deb
belgilangan. Dollar devolvatsiya bo’lganidan keyin, 1974 yil 1 iyuldan
boshlab SDR qiymati 16 davlat valyutasining o’rtacha kursi, keyinchalik
etakchi besh mamlakat valyutasi kursi bo’yicha aniqlanadigan bo’ldi. 1979
yil martdan boshlab Evropa valyuta tizimiga kiruvchi mamlakatlarda xalqaro
hisob-kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi -EKYu (Europen
Currencu Unit) qo’llaydigan bo’lishdi. EKYu - bu a’zo mamlakatlar
banklaridagi schetlariga yozib qo’yiladigan hisob birligi.
Iqtisodchilarimiz o’rtasida pulning jahon puli vazifasi mavjud deyuvchilar,
biz yuqorida qisqacha ta’riflagan valyuta kliringi, SDR, EKYu kabi to’lov
vositalariga jahon puli sifatida qaraydilar. Lekin SDR, EKYu lar asosan
to’lovlarni amalga oshirishda qo’llaniladi. Bu jarayon esa pulning to’lov



18
vositasi vazifasida o’z aksini topadi. Bu holda to’lov jarayoni mamlakat


ichidagi emas, davlatlararo munosabatlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 93,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin