Samsung kompaniyasi tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#163783
  1   2   3   4   5   6   7
Samsung kompaniyasi haqida


SAMSUNG KOMPANIYASI TARIXI

Samsung Group (Samsung Guruhi) — nosanoat konserni (kompaniyalar guruhi), 1938-yilda Koreyada tashkil etilgan, Janubiy Koreyada eng katta kompaniyalardan biri. Jahon bozorida yuqori texnologik komponentlar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio va video qurilmalari ishlab chiqaruvchi sifatida mashhur.


«Samsung» so’zi (kor. Samsung , amaliy transkripsiya qoidalari bo’yicha yanada to’g’riroq tushunchasi — «samson») koreys tilida «uchta yulduz» degan ma’noni anglatadi. Balki bunday nom berilishi Samsung kompaniyasi asoschisi Li Byon Chxolning (son) uchta o’g’li bilan bog’liq bo’lishi mumkin, uning kichik o’g’li Li Gon Xi (samson) oilaviy mulkning katta qismiga vorislik qilishi kerak bo’lgan barcha sharq an’analariga zid tarzda kompaniyaga 2008-yilning apreligacha rahbarlik qilgan.


Kompaniyaning tashkil etilishi



Li Byon Chxol -Samsung Group asoschisi

Li Byon Chxol -Samsung Group asoschisi 1930-yillarda Koreyada tadbirkor Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarish bo’yicha o’z ishini tashkil etgan. Tegu shahridagi kichik bir ombor Samsung kompaniyasi katta tarixining boshlanish asosi bo’ldi. Shu davrda Koreya Yaponiyaning koloniyasi hisoblangan va mamlakatda xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanish ancha qiyin bo’lgan. Shunga qaramay, 1938-yildayoq Li birinchi, o’zining mustaqil — Koreyadan Xitoy va Manchjuriyaga eksport qilish kanalini yaratishga muvaffaq bo’ladi. Guruch, shakar va quritilgan baliq kabi iste’mol mahsulotlarini yetkazib berishni faol rivojlantirish Samsung Trading Company savdo belgisini rasman ro’yxatdan o’tkazish imkonini berdi. Chet ellik (Koreya uchun) nomining kelib chiqishi koreys tadbirkorining uzoqni ko’zlab, katta maqsadlardagi rejasi natijasi bo’ldi: 1950-yillar oxiriga kelib, Li Byon Amerika qit’asi mamlakatlari bilan savdo yo’lga qo’yishni rejalashtiradi. AQSh qo’shinlarini Koreys yarim oroliga tushirilgandan keyin esa guruch arog’i va piva ishlab chiqarish bo’yicha zavod mahsulotlari ittifoq qo’shinlari vakillariga sotila boshlandi. Koreyadagi urush ushbu beznesni barbod qildi. Omborlar kompaniyaning asosiy zavodlari kabi talon-taroj qilindi va yondirildi.


Bir afsonada Li Byon o’t qo’yilgan uy vayronalaridan pul yashirib qo’yilgan yashikni topib olgani va shu pullar bilan o’zining yangi ishini boshlagani hikoya qilinadi. Bular to’qimachilik fabrikasi, shakar zavodi, keyinchalik esa sug’urta biznesi bo’lgan. Koreyada 1960-yillarda aholi jon boshiga o’rtacha daromad 80 dollardan oshmagan bo’lsa ham Li Byon tezda boyib ketadi. O’sha davrda hatto poytaxtda, Seulda ham elektr quvvati domiy ravishda ta’minlanmaganligini, elektr quvvati kuniga bir necha soatga berilganligini, markaziy vodoprovod bo’lmaganligini aytib o’tish o’rinli bo’ladi. Tez orada sodir etilgan harbiy to’ntarish Li Byonning yaqin do’sti va prezident Li Son Manni taxtdan ag’daradi, u boy tadbirkor sifatida quvg’in qilingan hukmdorning yaqinlari qatoriga kirardi. Li Byon Chxolning o’zini poraxo’rlik va ag’darilgan prezident bilan yaqin tanish bo’lganligi uchun qamoqqa oladilar.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin