Samsung kompaniyasi tarixi


Samsung'ning eng ko‘p sotilgan smartfoni— Galaxy S4



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/7
tarix20.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#163783
1   2   3   4   5   6   7
Samsung kompaniyasi haqida

Samsung'ning eng ko‘p sotilgan smartfoni— Galaxy S4
Samsung ishlab chiqargan ikkinchi eng muvaffaqiyatli telefon bu butun dunyoda xaridlar soni bo‘yicha 14-o‘rinda turuvchi – Galaxy S4'dir. Smartfonni 80 mln foydalanuvchi xarid qilgan, bu ko‘rsatkich bilan esa u Samsung'ning smartfon sohasidagi o‘z rekordi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, aqlli telefonlar savdosida hozirgacha S4 eng ko‘p sotilganlik reytingida iPhone 6, iPhone 6 Plus va Symbian OTida ishlovchi Nokia 5230 dan keyingi 3-o‘rinni egallab kelmoqda.

Xulosa:
Android fonlar haqida gapirar ekanmiz, bir jihat e’tiborga molikdir: Samsung'da Android startapini sotib olish imkoni bor edi, biroq buni qo‘ldan boy bergan.
O‘zining «Dahanaki jang: Apple va Google'ning janjallashishi va revolyusiya boshlashi» nomli kitobida Fred Vogelshteyn (Fred Vogelstein) 2004-yilda Android startapi ustida ishlayotgan jamoaning loyihani davom ettirish uchun mablag‘ qidirgan paytlari haqida so‘z borgan. Loyihaning 8 nafar barcha a’zosi Janubiy Koreyaga Samsung'ning 20 nafar ijrochi direktori bilan uchrshishga boradi. Jamoa direktorlar kengashiga o‘zining mobil telefonlar uchun operatsion tizim ishlab chiqish g‘oyasini ma’lum qiladi.

Biroq Android yaratuvchilaridan biri Endi Rubin (Andy Rubin)ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimotdan so‘ng Samsung'dagilar bir og‘iz ham gapirmagan. Direktorlar bunday kichik startap bilan operatsion tizim yaratish mumkinligiga ishonchsizlik bilan qarashgan.


Ikki haftadan so‘ng esa jamoadagilar ayni taklifni Google'ga kiritadi va shunday qilib Google startapni 50 mln dollarga xarid qiladi. Keyingi yillar davomida Android jamoasi va Google hamkorlikda ishlab, OTni yaratdi. 2008-yil oktabr oyida tizim butun dunyoga namoyish qilindi. Samsung o‘sha paytda Android'ni sotib olganda qanday o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishini bir o‘ylab ko‘rish kerak. Lekin bir narsa aniqki, agar xarid amalga oshirilganida, Android'ni hozir Google emas, balki Samsung boshqarayotgan bo‘lardi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. www.google.com

  2. https://www.terabayt.uz/

  3. www.samsung.com

  4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Samsung

USAT

Mustaqil ish
Mavzu: Samsung kompaniyasi haqida

Yo’nalish: Bank ishi va audit


Iqtisod nazariyasi fanidan

Bajardi:_____________


Tekshirdi:_______________
Toshkent – 2022
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Samsung kompaniyasi tarixi

  2. Samsung kompaniyasi iqtisodi

  3. Samsung kompaniyasi rivojlanishi

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin