Savollar
1. Pulning paydo bo’lishi va zarurligi
2. Pul aylanmasi va uning tarkibi
3. Pul massasi va pul agregatlari
Javoblar
1. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashningimkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan;
Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Biz kunlik nutkimizda ishlatadigan ”Pul” suzining mazmuni iqtisodchilar uchun aloxida moxiyatga ega xisoblanadi. YUzaga kelishi mumkin bulgan chalkashlikdan kochish maksadida, odatiy foydalanishdan farkli ravishda iqtisodchilar tomonidan “Pul” suzini kay tarika ishlatilishini aniklashtirib olishimiz lozim.
Iqtisodchilar pul (yoki pul massasi) ni cheksiz ravishda tovar va xizmatlarni ayirboshlashda, shuningdek karz majburiyatlarini sundirishda qullaniladigan umumkabul kilingan tulov vositasi sifatida belgilashadi. Dollar banknotalari va veksellardan tashkil topgan nakd pullar tulaligicha ushbu karashga mos keladi va pullarning bir turi xisoblanadi. Kuplab odamlar pul xakida gapirishganda, nakd pullarni nazarda tutishadi. (kogoz pullar va tangalar).Agarda, masalan, kimdir sizning oldingizga kelib, shunday desa “ Pulingiz yoki xayotingiz” , “Pul” deganda aynan nimani nazarda tutdingiz? ” deyishdan tiyilgan xolda siz tezda barcha pullaringizni unga tutasiz.
Iqtisodchilar pulning moxiyatini fakatgina nakd pullar bilan cheklanishini juda xam tor deb xisoblashadi. CHeklar xarid uchun tulov vositasi sifatida ishlatilganligi bois, chek depozitlari xam pul urnida kuriladi. Ammo pulning moxiyatini yanada kengrok aniklash zarur: xattoki amaliyotda jamgarma depozitlar nakd pullar va chek depozitlarga tezda aylanganligi bois pulning urnida ishlatilishi mumkin. SHunday kilib, iqtisodchilar pul yoki pul massasining umumiy va anik tushunchasiga ega emaslar.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir. Pul – qat’iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi. Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».
2. Pul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlari yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi – bu pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishidir. Pulning doiraviy aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Demak, pul aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin. I. Shakerning ta’rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo’lib, bunda pullar muomala vositasi va to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o‘zining sohibiga qo‘shimcha daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanishi tushunchasi – bu ma’lum davr davomida iqtisodiyotda pulning qanchalik darajada tez ko’chishib yurishi jarayonini anglatadi. Bu ko’rsatkich nominal YaIM ni pul taklifiga ( ) bo’lish orqali topiladi. Shuningdek bu mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini bildiradi ya’ni masalan, 1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun ishlatilinish darajasidir.
. Pul aylanish darajasiga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:
Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni
Aholining umumiy soni
Amalga oshiriladigan pul o’tkazmalari miqdori
Pul aylanmasini tashkil qilish asoslari:
Qonunchilik asoslari;
Institutsional asoslar;
Milliy to’lov tiziminig mavjudligi;
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan joriy hisob varaqlarining mavjudligi;
Mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarining mavjudligi.
Qonunchilik asoslari:
1) O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi;
2) Qonunlar va kodekslar;
3) Qonunosti hujjatlari:
a) O’zbekiston Respublikasi Przidentining farmonlari va qarorlari;
b)Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
c) Vazirliklarning buyruqlari, Davlat Qo’mitasi raislari buyruqlari, Markaziy bankning yo’riqnomalari (ular faqat Adliya Vazirligidan ro’yxatdan o’tgandan keyin kuchga kiradi).
Pul aylanmasi ikki yirik qismdan iborat:
Naqdsiz pul aylanmasi
Naqd pul aylanmasi
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag’larining to’lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko’chirish shaklidagi harakatlarining yig’indisidir.
Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat:
– mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy, iqtisodiy va huquqiy ongi;
– milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi;
– mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi ishonchining musthkamligi;
– real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
– Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha mustaqilligining ta’minlanganlik darajasi.
Naqd pul va naqd pulsiz hisob – kitoblari o‘rtasida juda yaqin bog‘liqlik mavjud bo‘lib, naqd pullar naqdsiz pul ko‘rinishiga, naqdsiz pullar naqd pul ko‘rinishiga o‘tish orqali ular doimiy ravishda bir – birini to‘ldirib turadi. Masalan, korxona va tashkilotlarning bankdagi naqdsiz pullari ishchi xodimlarga naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida beriladi. Aholining qo‘lidagi naqd pullar esa banklarga omonat sifatida qo‘yilganda banklar uchun kredit resursi sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. Shu tariqa naqd pul va naqd pulsiz aylanmalar bir – biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi.
3. Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo’lgan naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.
Pul massasini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:
Transaksion yondashuv- bunda pullarning to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi.
Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga ko’ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.
Pullarga bo’lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi muhim o’rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko’ra pullarga bo’lgan talabni 3 ta omil belgilaydi:
1. Transaksion omil-tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to’lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to’lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlaydilar.
2. Extiyotkorlik omili-aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan, ko’zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg’aradilar.
3. Spekulyativ (chayqovchilik) omili-aholi va kompaniyalar pul mablag’larini kelgusida daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo’l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o’zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko’ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o’sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o’sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo’ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o’sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M0 – naqd pullar;
M1 – M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko‘rsatkichlarini ishlatish pul muo-malasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga im-kon beradi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‘zgarishi muomala-dagi pul massasining o‘zgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |