MUSTAQIL ISH 1. Rivojlanishning hozirgi bosqichida davlat tomonidan tartibga solishni zarurligi nimada? Ushbu savol bo‘yicha asosiy iqtisodiy maktablarning qarashlarini eslang.
Merkantilistlar, fiziokratlar va klassiklar qanday munosabatda bo‘lgan?
Nima uchun 20 asrning boshlariga kelib davlatni iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi yuzaga keldi?
Erkin bozor iqtisodiyotining nima kamchiligi mavjud?
2. Ikkinchi jahon urushdan keyingi davrda AQSh da hukumat xarajatlarining yillik ulushi o‘rtacha olganda YaMM ning 20% ni tashkil qilib keladi. P.Samuelsonning fikricha, jamiyatda qator muammolar (sog`liqni saqlash, ta’lim va boshqalar) borki, ularni sof bozor usullari bilan hal qilib bo‘lmaydi. A.Smit nuqtai nazariga ko‘ra esa davlat va iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bu «arzon davlat» tamoyili bo‘lishi kerak.
3. Yuqorida keltirilgan jumlalar ustida fikr yuriting va quyidagi savollarga javob bering. A) Sof bozor iqtisodiyoti tushunchasini qanday tavsiflash mumkin?
B) «Aralash iqtisodiyoti» tushunchasiga qanday fikr berdingiz?
Jamiyat ne’matlari nima? Odatdagi xususiy ne’matlarni iste’mol qilishdan farqli (o‘laroq) jamiyat ne’matlarini iste’mol qilishning xususiyati nimada?
Jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarishni kim va nima uchun moliyalashtiradi?
5. Quyidagi savollarga javob bering: 1) Salbiy eksternallar deganda nimani tushunasiz?
2) Nima uchun ko‘pincha aynan bozor tizimidagi davlatlar salbiy ekstrenallarni minimallashtirish muammolari bilan shug`ullanadi?
3) Makroiqtisodiy siyosiy maqsadlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
7. Quyidagi savollar yuzasidan o‘zingizning mustaqil fikringizni bayon qiling.
Daromadlarni qayta taqsimlash Davlat makroiqtisodiy siyosatining dastgohi hisoblanadimi?
Davlat qanday qilib daromadlarni qayta taqsimlashni amalga oshiradi.
Daromadlar tengsizligi adolatdanmi yoki daromadlar tengligi adolatsizlikmi?