1. QadimgiMisrdavlatihaqidama’lumot QadimgiErondavlatihaqidama’lumot


syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xattihara



Yüklə 26,73 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2022
ölçüsü26,73 Kb.
#77996
1   2
FARRUX (Автосохраненный)

syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xattiharakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baxolaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. «Davlat» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulqatvorlari, harakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. «Davlat» ertagi matni ustida ishlash jarayonida bolalar «Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?», «Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qib berishga, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. Bolalarni ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni tarbiyachi aytib berishi mumkin. Bola ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda bolalarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanishuchun talaba va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo‘y bola» ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. Bolalar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak ahnalashtirishning o‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat Soya teatrlarini sahnalashtirish - qo‘g‘irchoq o‘yinchoqlar otuzib, hikoya qilib berishlari mumkin Tomosha qiluvchilar sahna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin. Soya teatrlarini sahnalashtirish uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o‘zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o‘rgatish kerak, buning uchun detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo‘yiladi.Haqiyqiy qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o‘yinchoqlarni shablon yordamida yoki o‘zlari o‘ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so‘ng figuraga ko‘zini yasash kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko‘z o‘rnini o‘tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo‘yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog‘oz bilan ko‘zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo‘yoq aralashtirib ko‘zini chizib qo‘yishlari mumkin. Teatrni ko‘rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog‘ozidan 2x1,5 metrli ramkagaqoplama tayyorlaydi. Ishni boshlash uchun 100 voltli lampa kerak bo‘ladi. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo‘yaladi. Tarang qilib qoplangan matoga qog‘ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo‘yish mumkin. Bolalar o‘zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko‘rib, shodliklari beqiyos bo‘ladiki, ularning kichik shakllari mo‘jiza bo‘lib ko‘rinadi.Soya teatrlarini sahnalashtirishni bolalarga kattalar qo‘yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib‚ ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So‘ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bo‘yaladi va qirqiladi. So‘ngra chiroq, ya’ni yorug‘lik tushirib‚ sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadiStol teatrini sahnalashtirish.Stol teatrini sahnalashtirishning bir necha turi mavjud: birida pyesa oddiy sahnada-pardasiz shirmada, boshqa qutichaga o‘xshash sahnada (karton sahnalashtirish), uchinchisi yassi sahnalashtirishda‚ sahna ikki bo‘lak kartondan qilinadi. Bu sahnalashtirishlardagi personajlarni qo‘l bilan‚ tagliklar, sim va magnit orqali turlicha harakat bajartiriladi. Shakllarning tuzilishi ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi‚ so‘ngra unga mos personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko‘chirishlari mumkin. Kalkadagi rasmni nusxa qog‘oz yordamida ikkita oq qog‘ozga tushiriladi. Bu rasmlarni rangli qalam bilan bo‘yab, bittasini kartonga yopishtiriladi va kartonni shu rasm konturi bo‘ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasim yopishtriladi shu bilan figura tayyor hisoblanadi.Shundan so‘ng yarimta g‘altak va cho‘p orqali balandligi 9-10 sm bo‘lgan taglik tayyorlanadi. Cho‘pning uchiga figura o‘rnatiladi, g‘altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi. Sahna-shirma, figuraning tagligi ko‘rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. Shirmani bo‘yash yoki unga rangli qog‘oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o‘rnatiladi. Agarda o‘rmon, dala, daryo, tog‘larni tasvirlash lozim bo‘lsa, muvofiq keluvchi suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham mumkin.Sahna-shirma stol ustiga qo‘yiladi, uning orqasida esa figuralarni harakatlantirila-digan va ular uchun gapiradigan bolalar turadi. Agarda pyesa davomida dekoratsiya o‘zgarib turishi kerak bo‘lsa, kitob sifatli qilib birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekoratsiya bo‘ladi. Agar quyonni yasash kerak bo‘lsa, avval butun figurani, so‘ngra uning oldingi oyog‘ini bir oz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old oyoqqa sim o‘tkaziladi. U mana shu sim vositasida boshqariladi. Tayyorlab qo‘yilgan old oyoqqa teshik qilinib ip o‘tkaziladi, ipning bir uchi oyoqqa bir parcha qog‘oz bilan tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan o‘tkazilib tarangroq qilib tortiladi va figuraning ich tomoniga yopishtirib qo‘yiladi.Quyida ertak asosida stol sahnalashtirishi qahramonlari namunalari berilgan:Ertak qahramonlarini, karton teatrini sahnalashtirish jihozlari.Karton teatrlarini sahnalashtirishda kartondan yasalgan yassi va hajmli qo‘g‘irchoq shakllar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrlarini sahnalashtirishda yuqoridan turib ip, sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular yengil harakat qiladilar, burila oladilar. Sahna uch bo‘lak karton yoki fanerdan yasaladi.Sahnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o‘zlaridan kattaroq kerak kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni ko‘tarish va tushirishga qulaydir. Ko‘pgina spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo‘ladi. Bunday dekoratsiya shakllarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun qo‘llaniladi.Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‘oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingan teshikdan o‘tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo‘lsa, dekoratsiya o‘ng tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi. Sahna boshqacha qurilishi ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga o‘xshaydi. Unda peshtoq-sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho‘p o‘rnatiladi. Cho‘pni o‘rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda o‘rnatiladi. Parda burma bo‘lishi uchun kengroq bo‘lishi kerak. Punktir bilan agarda ijrochilarning qo‘lini yashirishning hojati bo‘lmasa, olib tashlanishi oson 9-10 smli bo‘lgan taxtacha ko‘rsatilgan. Sahna bunday qurilganda dekoratsiyalar ko‘p qavatli parda ko‘rinishiga ega bo‘ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani tezda almashtirish, ba’zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani ko‘rsatish imkonini beradi. Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun ularni kanselyariya nakolkasiga o‘xshash vertushkaga o‘rnatiladi. Bu doira taxtaga o‘rnatilgan bir bo‘lak yo‘g‘on simdir. Doira yoki vetushka orqasiga doka yoki tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat parda joylanadi. Doka ko‘k yoki och ko‘k rangga bo‘yaladi. Bunday to‘siqdan ijrochilar sahnani bemalol ko‘rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara oladilar. Sahnani yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular sahnani yoritsin-u nuri tomoshabinlarga tushmasin.Musiqa barcha sahnalashtirish ko‘rinishlarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‘lik effekti bilan birikkan musiqa «Fonus hayol» sahnalashtirishida ham, stol teatrlarining sahnalashtirishida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu ko‘rinishlarda ovozga taqlid qilish‚ xo‘rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o‘kirishi hamda shovqin effektlari-yog‘ayotgan yomg‘ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi.
«Fonus xayol» teatri qadimdan mavjud bo‘lib, ayniqsa u XI asrda Yava va Xitoy davlatlarida keng tarqalgan. Xitoy «Fonus xayol» teatrida qo‘g‘irchoqlar qo‘tos, eshak, qo‘ylarning terisidan qilingan. Ular har xil rangga bo‘yalgan. Bunday teatr Turkiyada ham keng tarqalgan bo‘lib, ularda «Qaraiz» deb ataladi. Tomoshalar odatda qahvaxonalarda ko‘rsatiladi. Qo‘g‘irchoqlar yaxshi oshlangan teridan yasalib, asosan qizil va ko‘k rangga bo‘yaladi.
«Fonus xayol» teatri Turkiyadan avval Italiyaga, so‘ngra Angliya, Fransiya, Germaniyaga tarqalgan. XVIII asrning ikkinchi yarmi «Fonus xayol» teatrining Yevropada eng gullagan davri bo‘ldi. 1775 yilda Londonda tashkil etilgan Ambruz teatri butun Yevropada gastrolda bo‘lgan. Rassom Anri-River raxbarlik qilgan «Shapuor» («Qora mushuk») teatri Parij va chet el mamlakatlari o‘rtasida katta muvaffaqiyat qozongan.
Yüklə 26,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin