1-
variant
1. Qaysi hollarning nechtasida kimyoviy element haqida gap bormaydi?
1) havo tarkibida kislorod bor; 2) dengiz suvi qaynatilsa,
kislorod ajralib chiqadi; 3) pirit tarkibida oltingugurt bor; 4) temir xlorid kislota bilan temir (II) xlorid, xlor bilan esa temir (III) xlorid hosil qiladi; 5) kislorodda 2 ta elektron pog’ona mavjud.
A) 2 B) 3 C) 1 D) 4
2. Quyidagilardan nechtasi to’g’ri?
1) bir mol uglerod 12 m.a.b; 2) 1 mol kislorod molekulasi 32 g; 3) Mr(Cl
2)= 71 g/mol;
4) Mr(SO
2) = Ar(Cu); 5) m
a(F) = 19N
A;
6) m
a(Na) =23; 7) D
2 molekulasining massasi 1/6
m
a(
12C ) ga teng; 8) 10 ta m.a.b qiymati 1,66⸱10
-22g keladi; 9) 5,00 g 30,1⸱10
23 atom birligiga teng.
A) 3 B) 4 C) 6 D) 5
3. Nisbiy
atom massani hisoblashda 12C izotopining 1/12 qismi o’rniga,
18O izotopining 2/6 qismi olinsa noma’lum elementning nisbiy atom massasi X ga, agar
16O izotopining 2/8 qismi olinsa nisbiy atom massa X+9 ga teng bo’ladi. Noma’lum elementni aniqlang?
A) mis B) magniy
C) kumush D) alyuminiy
4. 400 mg mis-kumush qotishmasiga 160 mg kumush qo’shilganda Ag
2Cu tarkibli birikma hosil bo’lgan. Boshlang’ich aralashmadagi mis massa ulushini toping.
A) 0,25 B) 0,75
C) 0,32 D) 0,68
5. Mol nisbatlari 1:3:2 bo’lgan mis, kumush va fosforning 18 g aralashmasini eritish uchun 100% li nitrat kislotaning qanday hajmi (ml) zarur bo’ladi?
A) 56,7 B) 33,6 C) 62,4 D) 50,4
6.
Ortofosfat, pirofosfat, fosfit, gipofosfit kislotalar tarkibidagi umumiy bog’lar yig’indisini toping ?
A) 33 B) 34
C) 35 D) 32
7. Titan atomi va Mn
+2 ionida o’zaro nechta elektronning to’rtala kvant soni ham bir xil ?
A) 21
B) 22 C) 19 D) 20
8. Suvning vaqtinchalik (a) va doimiy (b) qattiqligini yo’qotish usullarini ko’rsating.
1)
qaynatish; 2) ohakli suv qo’shish; 3) ishqor ta’sir ettirish; 4) soda qo’shish; 5) natriy fosfat qo’shish
A) a-1, 2, 3; b-4, 5
B) a-1, 2, 3, 4; b-4, 5
C) a-1; b-4, 5 D) a-2, 3; b-1, 4, 5
9. 128 g qo’shsuperfosfat va pretsipitat aralashmasi bor. Shu aralashmadagi pretsipitat tarkibidagi P
2O
5 ning miqdori qo’sh
superfosfat tarkibidagi P2O
5 miqdorining 25% ini tashkil qilsa, dastlabki aralashmadagi pretsipitatning massa ulushini hisoblang.
A) 24 B) 76 C) 77,4 D) 63,9
10. Eruvchanligi va foizi 6:5 bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasi 2 ga teng bo’lsa, eruvchi moddaning molekulyar massasini hisoblang.
(
p= 1,2 g/ml)
A) 100 B) 120 C) 130 D) 200
11. A
2 + B
2 ↔ AB reaksiyada A moddaning boshlang’ich konsentratsiyasi 3,25 mol/l ga teng. B moddaning muvozanat konsentratsiyasi esa 3,2 mol/l ga teng. Muvozanat holatida barcha moddalarning konsentratsiyalari yig’indisi 8,45 mol/l ga teng. Shu reaksiyaning muvozanat konstantasini aniqlang.
A) 2 B) 4 C) 1 D) 3
12. 10 litr idishda metan molekuasidagi C atomi chorak minutda 16 mol elektron uzatib, CO
2 gacha oksidlandi. Reaksiyaning o'rtacha tezligini (mol/(l•sek)) toping.
A) 0,2/15 B) 0,2/25 C) 0,1/16 D) 0,1/8
13. Qaysi element elektronlarining joylashuvi noto’g’ri ko’rsatilgan?
14. Kristallanganda ba’zi qotishmalarda kimyoviy
birikmalar vujudga keladi; ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy bog’lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar … deyiladi?
A) qattiq eritmalar B) gomogen qotishma
С) geterogen qotishma D) intermetallar
15. AgNO3 ning 16% li 550 g eritmasiga og’irligi 10,6 g bo’lgan xrom plastinka tushurildi. Bir oz vaqtdan so’ng plastinka eritmadan chiqarib, quritilib tortilganda uning massasi 27 g ni tashkil qildi. Plastinkadagi xromning massa ulushini (%) aniqlang?
A) 20 B) 80 C) 40 D) 60
16. Quyidagi grafikka asosan, Y elementni toping.
A) C B) O C) Si D) S
17. Ammoniy gidropirofosfat tuzining ekvivalentini aniqlang.
A) 229/5 B) 229/2 C) 229/3 D) 229/6
18. Germetik yopiq idishda ikkita stakan joylashtirildi. Birinchisida 10 g miqdorda fosfor (V) oksid, ikkinchisida 10 g 10% li natriy gidroksid eritmasi mavjud. Ma'lum vaqtdan so’ng ishqor konsentratsiyasi 2 marta ortgan bo'lsa, I-idish massasi necha marta ortgan?
A) 5,0 B) 2 C) 7,5 D) 1,5
19. Venn diagrammasi asosida metallarning o’ziga xos va umumiy xususiyatlarini moslang.
a) valentligi doimiy II; b) SO
42- bilan hosil qilgan
tuzi suvda yaxshi erimaydi; c) MeCl
2 tuzi suvda eriydi; d) Elektron konfiguratsiyasi … ns
2n-1d
10 bo’lib tugallanadi.
A) I- a,d; II- c; III- b B) I- d; II- a,c; III- b
C) I-b; II- a,c; III- d D) I- d; II- a; III- a,b
20. Berilgan oksidlardan nechtasi odatdagi sharoitda qattiq holatga ega? 1) HgO; 2) CO2; 3) N2O5; 4) P2O5; 5) NO2;
6) SiO
2; 7) Na
2O.
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
21. Propan va propindan iborat 10 ml aralashma 50 ml kislorod bilan aralashtirildi va yondirildi. Suv bug’lari kondensatlanib, aralashma boshlang’ich sharoitga keltirilgandan so’ng uning hajmi 37 ml ni tashkil etdi. Boshlang’ich aralashmaning neonga nisbatan zichligini toping.
A) 2,02 B) 2,1 C) 2,06 D) 2,14
22. 400 g X % li CuSO4 eritmasi 2 F tok bilan elek-troliz qilinganda katodda 1g gaz ajraldi. Dastlabki eritmaning % konsentratsiyasini aniqlang.
A) 25 B) 30 C) 16,66 D) 20
23. Quruq tuzlar berilgan MgSO4, Al2(SO4)3, K2SO4, va (NH4)2SO4 probirkalarni qaysi modda eritmasi yordamida farqlash mumkin?
A) HCl B) KNO
3 C) BaCl
2 →NaOH
24. Qaysi moddaning 200 ml 2 M eritmasida( α =0,5) 0,8 mol zarracha bo`ladi(suvning dissotsilanishi hisobga olinmasin).
A) Na
3PO
4 B) Li
2SO
4 C) MgSO
4 D) NaCl
25. H+ ionlari OH- ionlaridan 10000 marta ko’p bo’lgan eritma universal indikatorda qanday rangda bo’ladi.
A) qizil B) pushti C) rangsiz D) ko’karadi
26. AU→ BPo + x + 2p + 4n yadro reaksiyasida A+B = 462 bo’lsa Uran izotopidagi neytronlar sonini aniqlang.
A) 138 B) 146 C) 148 D) 142
27. Quyidagilardan qaytarilish jarayonini aniqlang.
1) Mn
+7→ Mn
+2; 2) S
+4 → S
+6;
3) Mn
+4→ Mn
+7; 4) C
+4→ C
+2
A) 1, 2 В) 2, 3 C) 1, 4 D) 3, 4
29. Mol nisbati 2;4;1 bo`lgan Al, Cu va Ag dan iborat aralashma xlorid kislotada eritmasida eritilganda olingan gaz hajmi xuddi shunday miqdordagi aralashmaning konsentrlangan nitrat kislota bilan ishlanganda olingan gaz hajmidan 6.72 litr ga kam bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi misning miqdorini aniqlang.
A) 0.1 C) 0,3
B) 0.2 D) 0.05
30. Vodorod yodiddagi bog’ uzunligi 0,155 nm, yod molekulasidagi bog’ uzunligi esa vodorod yodiddagi bog’ uzunligidan 0,035 masofa birligiga uzun bo’lsa, vodorod molekulasidagi bog’ uzunligini (nm) toping.
A) 0,12 B) 0,24 C) 0,06 D) 1,02