1. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi?



Yüklə 18,14 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü18,14 Kb.
#169417

9-sinf
1. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi?


A) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng
B) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng
C) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng
D) “Cho‘li Jaloliy” da bo‘lgan jangdan so‘ng
7-sinf O‘zbekiston tarixi 71-bet.
2. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar
kirgan?
A) Xorazm va Margʻiyona
B) Soʻgʻd va Xorazm
C) Xorazm va Parfiya
D) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 130-bet
3. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan?
A) lyuksemburglar
B) shtaufenlar
C) saksoniyaliklar
D) frankoniyaliklar
7-sinf Jahon tarixi 27-bet.
4. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi?
A) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan
B) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan
C) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan
D) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 89-bet
5. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan?
A) Bosqoq, vazir, no‘yon
B) Xon va ulusbegi, no‘yon
C) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi
D) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi
7-sinf Jahon tarixi 130-bet
6. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan?
A) Kebekxon
B) Munke C) Tug‘luq Temur
D) Abulxayrxon
7-sinf O‘zbekiston tarixi 86-bet.
7. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud?
A) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar
B) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan
C) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi
D) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 62-bet
8. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi?
A) Florensiya
B) Rim
C) Venetsiya
D) London
7-sinf Jahon tarixi 119-bet
9. Florensiyada shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, qaysi sohalarni yuksaltirganlar?
A) binokorlik va haykaltaroshlik
B) haykaltaroshlik va rassomchilik
C) savdo-sotiq, me’morchilik
D) haykaltaroshlik va savdo-sotiq
7-sinf Jahon tarixi 119-bet
10. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi?
A) Vizantiya va Arab xalifaligi
B) Rim va Vizantiya
C) Yunonlar va Arab xalifaligi
D) O‘rta Osiyo va Hindiston
7-sinf Jahon tarixi 114-bet
11. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi?
1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga;
2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga;
3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga;
4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga;
5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga;
A) 1, 3, 4
B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 3
D) 1, 3, 5
8-sinf O‘zbekiston tarixi 35-bet
12. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang.
A) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan.
B) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan.
C) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi.
D) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi.
8-sinf O‘zbekiston tarixi 28-bet
13. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi?
A) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi
B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi
C) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi
D) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi
8-sinf O‘zbekiston tarixi 30-bet
14. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang.
A) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar.
B) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan.
C) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan.
D) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi.
8-sinf O‘zbekiston tarixi 31-bet
15. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang?
A) shimoliy va sharqiy Afrika
B) sharqiy va g‘arbiy Afrika
C) janubiy va sharqiy Afrika
D) g‘arbiy va shimoiy Afrika
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 13-bet
16. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar?
1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom;
2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish;
3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi;
4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish;
5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik;
6) mustahkam qal’a va saroylar qurish.
A) 1, 2, 5
B) 2, 3, 6
C) 1, 3, 5
D) 2, 3, 4
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 89-bet
17. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang.
A) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari;
B) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi;
C) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi;
D) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi.
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 85-bet
18. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan?
A) Janubiy Fransiyada
B) Shimoliy Vizantiyada
C) Shimoliy Fransiyada
D) Janubiy Vizantiyada
7-sinf Jahon tarixi 118-bet
19. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan?
A) turk, arab, fors
B) rus, arab, tojik
S) fransuz, ingliz, nemis
D) yapon, xitoy, koreys
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (110-bet)
20. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating.
A) “Buyuk Temur tarixi”
B) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi”
C) “Amir Temur hikmatlari”
D) “Temur tuzuklari”
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (129-bet)
21. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi?
A) Tabariston, Damashq, Misr
B) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston
C) Turkiya, Eron, Misr
D) Ko‘niya, Jazira, Eron
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (75-bet)
22. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima?
A) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish
B) latifundiyalarning bekor qilinishi
C) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi
D) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi
9-sinf Jahon tarixi. 49-bet
23. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan?
A) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida
B) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida
C) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan
D) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 86-bet
24. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi?
A) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi
B) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi
C) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi
D) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (65-bet)
25. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan?
A) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi
B) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi
C) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari
D) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (11-bet)
26. Nechanchi yilda Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuboradi? Javob: 1640-yil
8-sinf Jahon tarixi 30-bet
27. Qaysi hudud orqali O‘rta Osiyoga budda dini kirib kelgan?
Javob: Surxon vohasi
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 140-bet
28. Mahalliy amaldorlar tomonidan soliqlarni bir yo‘la to‘la to‘lab yuborib, so‘ngra aholidan yig‘ib olish tartibi qanday nomlangan?
Javob: Barot tartibi
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (83-bet)
29. Ulug‘bek rasadxonasiga ulkan o‘lchov asbobi - sekstant o‘rnatish ishlariga boshchilik qilgan allomani aniqlang.
Javob: G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy
7-sinf O‘zbekiston tarixi (muallif: A.Muhammadjonov). Toshkent “Sharq” 2017. (148-bet)
30. Lyudovik XVI ning qatl etilishi qaysi davlatlarni Fransiyaga qarshi urushga chorladi?
Javob: Angliya va Ispaniya
8-sinf Jahon tarixi 40-bet
31. 1415-yilda Azenkur jangida kimlar to‘qnashgan?
Javob: inglizlar va fransuzlar
7-sinf Jahon tarixi 96-bet
32. Xitoy imperatori qo‘shinlari 640-yilda Buyuk ipak yo‘li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag‘lub etganidan so‘ng kimlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlarni boshladi?
Javob: uyg‘urlarga
7-sinf Jahon tarixi 58-bet
33. Amir Temur Xuroson va Seistonni kimga bergan?
Javob: Shoxruhga
7-sinf O‘zbekiston tarixi 117-bet
34. Kim o‘zini shoir emas adab muallimi deb hisoblagan?
Javob: Ahmad Yugnakiy
7-sinf O‘zbekiston tarixi 101-bet
35. XVII asrda Tayvan orollarining bir qismi kimlar tomonidan bosib olingan? Javob: Gollandlar
8-sinf Jahon tarixi 72-bet
36. Xitoyda qaysi sulola davrida Tasviriy san’at akademiyasi qayta tiklangan?
Javob: Minlar davrida
8-sinf Jahon tarixi 73-bet
37. XIX asr oxirida Turkistonda uyezd politsiyasi boshlig‘i qanday nomlangan? Javob: Ispravnik.
9-sinf O‘zbekiston tarixi 56-bet
38. Boyshayx qaysi qavmdan bo‘lgan?
Javob: Uyg‘ur
8-sinf O‘zbekiston tarixi 6-bet
39. Karl Burgundskiy qaysi tashkilotga asos solgan?
Javob: “Jamiyat baxt-saodati ittifoqi”ni
7-sinf Jahon tarixi 97-bet
40. Quyidagi qaysi qo‘rg‘on Toshkent darvozasi deb nom olgan?
Javob: Niyozbek
9-sinf O‘zbekiston tarixi 24-bet

Yüklə 18,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin