Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat
1-qism rejasi Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha-hozir.org
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat.
1. Kuzatuv.
2. Gipotezaning ifoda qilinishi.
3. Verifikatsiya.
1. Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv tarzda yig`ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o`rtasidagi bog`liqlik ko`rib chiqilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o`zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli hamma boshqa jihatlari, odatda, idora bo`linmalari mutaxassislari tomonidan o`tkaziladi).