1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi


Shvetsiya ta'lim tizimining o'ziga xosligi



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə12/18
tarix11.06.2023
ölçüsü55,73 Kb.
#128517
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Shvetsiya ta'lim tizimining o'ziga xosligi. Maorifi: ilmiy va madaniy ma'rifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy ta'lim joriy etilgan bo'lib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar o'qishni gimnaziyada davom ettiradi. 30 dan ortiq oliy o'quv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Geterbog universiteti (1891). Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Geterbogdagi Politexnika universiteti (1829), Shvetsiyadagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, muhandislik akademiyasi (1919) Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Geterbogdagi qirollik san'at va fan jamiyati (1778). Stokgolmdagi tibbiyot-jarrohlik instituti, Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala Geterborg universitetlarining kutubxonalari, Stokgolm va Geterberg shahar kutubxonalari.
Gretsiya ta'lim tizimi Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari: Maorif tizimi 4 bosqichga bo'linadi: 6 yillik, 3yillik o'rta va 3yillik o'rta maxsus, shuningdek, oliy ta'lim. Umumiy va o'rta ta'lim majburiydir. Gretsiyada 17 unstitut va bir qancha 57 texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki unstitutlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy muassasalari: Afina akademiyasi (1926 yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin institut, universitet va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842 yil tashkil etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828 yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi, unstitutlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874 yil tashkil etilgan). Akropol (1878 yil ochilgan), Vizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San'at asarlari milliy galereyasi (1900) hammasi Afina shahda joylashgan.
Gruziya ta'lim tizimi Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari: Qadimgi yunon tarixchilari bergan ma'lumotlarga ko'ra Gruziya hududidagi davlatlarda maorif antik davr namunasida tashkil etilgan. 3-a. ning 2-yarmida asos s rivojlantirish sohasida ko'p ish qildi 4-a.da xristianlik davlat diniga aylangach, cherkov va monastirlar huzurida maktablar ochildi. Biroq, chet ellik istilochilarning bosqinlari gruzin madaniyati rivojini uzoq vaqt to'xtatib qo'ydi. 13-asrga kelib katta fan va maorif markazlari-Gelat (G'arbiy Gruziya) va Ikaltey (Sharqiy Gruziya) akademiyalari barpo etildi, 17-asr 2-yarmidan chet ellarda gruzin alifbo va darsliklari boshladi. Gruziya davlatchiligi tugatilgach (1801), maorif tizimi Rossiya namunasi asosiga o'tkazildi. 2000 yil Gruziyadagi 3500dan ko'proq umumiy ta'lim maktabi va o'rta maxsus o'quv yurtlarida 850 mingga yaqin bola o'qidi. Gruzin va abxaz maktablari bilan bir qatorda rus, arman, ozarbayjon va osetin maktablari ham mavjud. Gruziyada 19 oliy o'quv yurti, jumladan Tbilisi va Suxumi unstitutlari, politexnika, qishloq xo’jalik, tibbiyot va b. institutlar bor. 2000 y Gruziyadagi oliy o'quv yurtlarida 100 mingdan ko'proq talaba ta'lim oldi. 200 ga yaqin pullik oliy maktablar ham mavjud. Asosiy ilmiy kuchlar Gruziya Fanlar akademiyasiga birlashgan. 2000 yil Gruziyada 110 muzey ishladi.
AQSH ta’lim tizimi. Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: — bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; — 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar); — 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi. So’nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilaridan tashqari barcha o’quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilan band bo’ladilar. AQSH maktablarida o’quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut. Amerika konstitustiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag’ bilan ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o’quv yurtlarida faoliyatni muvofiqlashtirib borishni Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo’lib ajralib chiqdi. Maktabgacha tarbiya Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan. Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan, uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat tasarrufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar. Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, turli qo’shiqlar, she’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar. Boshlang’ich maktab Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’laqonli bilim, ta’lim berish, ularning umuminsoniy, ahloqiy xislatlariga ega bo’lib shakllanishini ta’minlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo’lib, ular o’quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo’nalishiga ham ega qiladi. Sinfdan-sinfga ko’chirish o’quvchining o’qish tezligi, yozuvi, husnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o’zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida o’quv-tarbiya ishlari bilan bog’lik masalalarni to’laligicha har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich maktablarda o’quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan. Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6, 8 yillik bo’lishi mumkin. O’quvchilar shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSH maktablarida 61 o’qish har bir o’qvchi uchun faxr-iftixor bo’lishiga o’quvchi o’z bilimi imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi. Boshlang’ich maktab Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’laqonli bilim, ta’lim berish, ularning umuminsoniy, ahloqiy xislatlariga ega bo’lib shakllanishini ta’minlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo’lib, ular o’quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo’nalishiga ham ega qiladi. Sinfdan-sinfga ko’chirish o’quvchining o’qish tezligi, yozuvi, husnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o’zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida o’quv-tarbiya ishlari bilan bog’lik masalalarni to’laligicha har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich maktablarda o’quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan. Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6, 8 yillik bo’lishi mumkin. O’quvchilar shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSH maktablarida 61 o’qish har bir o’qvchi uchun faxr-iftixor bo’lishiga o’quvchi o’z bilimi imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi.
O’quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo’nalishiga mos keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko’paytirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, o’quvchi kelajakda qaysi sohaga o’z hayotini bag’ishlashga ahd qilgan bo’lsa, aynan o’sha yo’nalishdagi predmetlarni ustun darajada o’rganib, tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSH o’rta maktablari o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda hunar, kasb-kor asoslarini bepib boradilar. Bular quyidagilar: Birinchisi, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi hisoblanib, unda tinglovchilarga fermerlik asoslari o’qitiladi va unda qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar etishtirib beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi. Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida bolalarda muruvvat, bemorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi. Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi. To’rtinchisi, qurilish ta’limi bo’lib, bu ta’lim tizimi orqali turli qurilish kasblari bo’yicha bilim va ko’nikmalar beriladi. By kasb dasturlari o’quvchilarni ana shu kasblarga tayyorlashi ham, ularni shu kasb-korni yanada chuqurroq o’rganish bo’yicha o’qishni davom ettirishga ham tayyorlashi mumkin. Bundan tashqari, dasturning uchinchi turi ham mavjud bo’lib, bu umumiy ta’lim (akademik) dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy 63 tushuncha beradi va o’quvchilarga kasblarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin