Angor tumani 7-umumiy o’rta ta’lim Maktab direktori Sadoqat Allamurodovadan 2023-yil 4-sentabrdan 5-oktyabrga qadar pedagogik amaliyotni o’tagan Termiz davlat universiteti “Xorijiy filologiya“ fakulteti 4-bosqich 320-guruh talabasi Jo`raxolov Jasur Norto`ra o’g’li ga TAVSIFNOMA Jo`raxolov Jasur Norto`ra Angor tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2023-yil 4-sentabrdan 5-oktyabrga qadar pedagogik amaliyotni o’tadi. Pedagogik amaliyot davridagi faoliyati davomida intizomli, o’z vazifasiga jiddiy yondashadigan, o’ziga va jamoadosh pedagog xodimlarga hamda amaliyotchilarga talabchan xodim sifatida o’zini namoyon qildi. Jo`raxolov Jasur pedagogik jamoamizning jamoat ishlarida, o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi tadbirlarda faol ishtirok etishi bilan birga ularda o’zining tashkilotchilik qobiliyatini ham ko’rsata oldi. U hamkasb xodimlar, ma’muriyat, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida va sidqidildan bajarib bordi. U o’z faoliyati davomida o’quvchi yoshlar bilan ishlashda ham boshqalarga o’rnak bo’lib keldi. Jo`raxolov Jasur o’z mutaxassisligi bo’yicha zarur malakaga ega ekanligi, amaliy va nazariy jihatdan universitet o’quv dasturi doirasida ko’nikma va bilimga ega bo’lganligini amaliyot davomida ko’rsata oldi. O’ziga biriktirilgan sinfda sinf rahbariga yordamchilik qilib, nizom talablari asosida ish olib bordi va tajriba o’rgandi. Ingliz tili va boshqa fanlardan dars tahlillariga kirdi, o’zi o’ziga belgilangan ochiq dars soatlarini o’tib berdi. Shu davr ichida o’z ustida ishladi, mehnatdan bo’sh vaqtlarda jamoatchilik ishlarida faol qatnashdi.
Angor tumani 7- umumiy o’rta talim maktabi ma’muriyati Jo`raxolov Jasurning qat’iyat va talabchanlik, tashkilotchilik, zarur bo’ladigan har qanday ishda o’zini namoyon eta olishiga, kelajakda pedagog xodim sifatida faoliyat borishiga ishonch bilan qaraydi.
Tavsifnoma talab qilingan joyga taqdim etish uchun berildi.
Angor tumani 7- umumiy o’rta ta`lim maktabi direktori S.Allamurodova __________