1. Qon yaratuvchi va immun himoya sistemasiga umumiy tavsifi.
Markaziy a’zolari: qizil suyak ko‘migi, timus.
Periferik a’zolari: limfa tugunlari, taloq, hazm sistemasi va nafas yo‘llaridagi
limfoid follikullar.
Tuzilishidagi umumiyliklar: stromasi retikulyar to‘qimadan tuzilgan, timusda
esa epitelial to‘qima.
Markaziy a’zolarda – limfotsitlar antigenga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘payadi
va ixtisoslashadi, periferik a’zolarda esa T- va V-limfotsitlar antigenga bog‘liq
ravishda ixtisoslashadi.
Qon yaratuvchi a’zolarning asosiy vazifalari: qon hujayralarining ko‘payishi va
rivojlanishi, qonning vaqtinchalik deposi, qonning yoki limfaning tozalanishi,
immunologik.
2. Markaziy qon yaratuvchi a’zolarning taraqqiyot manbai.
Qizil suyak ko‘migi – rivojlanishning 2 – oylarida mezenximadan, umrov
suyagida; 12-14 xaftasida qon tomirlari va gemopoetik hujayralarning hosil
bo‘lishi.
Timus – rivojlanishning 1 – oylari oxirida, 3-4 juft jabra cho‘ntaklaridan -
epiteliysi, biriktiruvchi to‘qima va qon tomirlari – mezenximadan, 11-12 –
xaftalarda T – limfotsitlarning differensirovkasi.
3. Embrional davrdagi qon yaratilishi.
1) Sariqlik qopchasi – rivojlanishning 2-3 xaftasida dastlabki qon o‘zak
hujayralari va qon tomirlari hosil buladi va 3-oylar oxirigacha davom etadi.
Eritrotsitlar hosil bo‘lishi – intravaskulyar, donador leykotsitlar –
ekstravaskulyar.
2) Jigar – rivojlanishning 5 – xaftasidan tug‘ulgungacha, ektravaskulyar –
mielopoez (eritrotsitlar, monotsitlar, granulotsitlar, trombotsitlar).
3) Taloq – rivojlanishning 7-8 xaftasidan boshlanadi, ekstravaskulyar – mielo va
limfopoez, 5 – oydan so‘ng mielopoez to‘xtaydi, limfotsitopoez davom etadi.
4) Timus – rivojlanishning 11-12 xaftasidan tug‘ilgandan so‘ng 25-30 yil davom
etadi, asosan T- limfotsitopoez.
5) Limfa tugunlari – rivojlanishning 9-10 xaftalarida qon o‘zak hujayralari hosil
bo‘ladi – eritropoez, granulotsitopoez, trombotsitopoez tez tugaydi va 16-
xaftasidan – limfotsitopoez davom etadi.
6) Qizil suyak ko‘migi – rivojlanishning 12-13 xaftasidan – qon yaratilishi
boshlanadi, 6 – oylardan boshlab asosiy qon yaratuvchi a’zo (mielopoez,
limfotsitopoez)
Dostları ilə paylaş: |