1-qonun. Kirxgofning 1-qonuni zanjirning tugunlariga tegishli bo'lib, unga ko'ra zanjirning istalgan tugunida toklarning algebraik yig'indisi nolga teng bo'ladi, ya'ni



Yüklə 1,06 Mb.
tarix02.12.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#71860
1-qonun. Kirxgofning 1-qonuni zanjirning tugunlariga tegishli bo


3-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: RЕZISTIV ZANJIRLARDA KIRXGOF QONUNLARINI
EKSPЕRIMЕNTAL TADQIQ ETISH.
1. Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlari ta'rifini kеltiring.
Javob: 1-qonun. Kirxgofning 1-qonuni zanjirning tugunlariga tegishli
bo'lib, unga ko'ra zanjirning istalgan tugunida toklarning algebraik
yig'indisi nolga teng bo'ladi, ya'ni:
yoki elektr zanjirning istalgan tuguniga kiruvchi toklarning arifmetik
yig'indisi shu tugundan chiquvchi toklarning arifmetik yig'indisiga
tengdir, ya'ni:
2-qonun. Kirxgofning 2-qonuni zanjirning berk konturlariga
tegishli bo'lib, unga ko'ra elektr zanjirining istalgan berk konturida kuchlanishlar tushuvining algebraik yig'indisi shu konturdagi EYuKlarning algebraik yig'indisiga
teng, ya'ni:
2. Zarjir tarkibida tok manbasi mavjud bo’lganda Kirxgof qonunlari
bo’yicha tеnglamalar tuzishning qanday xususiyatlari bor?
Har qanday zanjir shoxobchalaridagi toklarni aniqlash uchun
Kirxgof qonunlaridan foydalaniladi. Zanjirdagi tugunlar soni T,
shoxobchalar soni Sh va tok manbalari soni ShTM deb belgilansa, har
bir shoxobchadan o'tuvchi tokni hisoblashda ma'lum tartibdagi
ketma-ketlikni tavsiya etish mumkin. Bunda tok manbai ulangan
shoxobchalardan o'tuvchi tok qiymati ma'lum bo'lganligi uchun
ularni umumiy toklar sonidan ayriladi, ya'ni Ш-ШTM. Zanjirning
qolgan shoxobchalaridagi noma'lum toklarni hisoblashdan oldin
quyidagilarni bajarish kerak:
a) har bir shoxobchadagi toklar yo'nalishlarini ixtiyoriy tanlab,
ularni sxemada belgilaymiz;
b) Kirxgofning 2-qonuni bo'yicha tenglamalar tuzish uchun
konturlarni aylanib chiqish yo'nalishini ixtiyoriy (soat mili harakati
yo'nalishida yoki unga teskari) belgilaymiz.
Kirxgofning 1-qonuniga asoslangan va o'zaro bog'liq bo'lmagan
tenglamalar sistemasini tuzish uchun tugunlar sonidan bitta kam
tenglama tuzish kerak.
Kirxgofning 2-qonuniga asoslanib tuzilgan tenglamalar soni
umumiy shoxobchalar sonidan tok manbalari ulangan shoxobchalar
soni ШTM va Kirxgofning 1-qonuni bo'yicha tuzilgan tenglamalar
sonini ayirib topiladi, ya'ni konturlar uchun tuzilgan tenglamalar
soni:

Kirxgofning 2-qonuni bo'yicha tenglamalarni o'zaro bog'liq
bo'lmagan (mustaqil) konturlar uchun tuzish lozim. O'zaro bog'liq
bo'lmagan kontur deb shunday konturga aytiladiki, u oldingi
konturlardan kamida bitta yangi shoxobcha bilan farq qiladi. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi-o'zgarmas tok
zanjirlarining matematik modeli hisoblanadi.
Elektr zanjirlar nazariyasida ikki turdagi masalalar uchraydi.
Birinchi turdagi masalalarda sxemasi va elementlari ma'lum bo'lgan
zanjirning shoxobchalardagi toklar va ayrim qismlaridagi kuchlanish
va quvvatlarni hisoblash kerak bo'ladi. Bu turdagi masalalar
zanjirlarni analiz masalalari deb ataladi. Ikkinchi turdagi masalalarda
teskari masala-zanjirning ba'zi bir uchastkalaridagi tok va
kuchlanish berilgan bo'lib, zanjir sxemasi va uning elementlarini
aniqlash kerak bo'ladi. Bunday masalalar elektr zanjirlarining sintez
masalalari deyiladi. Ikkala turdagi masalalarni yechish uchun
ko'pincha zanjirning matematik modeli tuziladi.
3. «1» tugun uchun Kirxgofning birinchi qonuni bo’yicha yozilgan
tеnglamani tanlang.
V. I1 – I2 – I3 + I4 -I5 = 0
4. Quyidagi zanjir uchun noto’qri tuzilgan tеnglamani ko’rsating.
A. R1I1 + R3I3 = E1
5. Agar R3 qarshilikni qisqa tutashtirilsa o’lchov asboblari ko’rsatkichlari
qanday o’zgaradi? Javoblarda quyidagi bеlgilar qabul qilingan:  - ortish;  -
kamayish.
G. I1, I2, I3 = const
6. E = const bo’lganda R2 kamaysa shoxobchalardagi toklar miqdori
qanday o’zgaradi?

7. Agar R=10, E1=30V, E2=10V bo’lsa voltmеtr Vning ko’rsatkichini
aniqlang.
Javob: 20 v.
8 Ushbu zanjir uchun noto’qri tuzilgan tеnglamani ko’rsating.
G. U1 - U2 + U3 = E1 – E2
9 Е = const bo’lganda kalitni uzilsa, o’lchov asboblari ko’rsatkichlari
qanday o’zgaradi?

10. Biror zanjir uchun Kirxgofning ikkinchi qonuni bo’yicha mustaqil
tеnglamalar tuzilgan.
Javob: Mos emas.
11. Agar sxеmadagi R3
qarshilik qisqa tutashtirilsa,
elеmеntlardagi toklar qiymatlari
o’zgaradimi?
Javob: ortadi.
12. Shu sxеmadagi elеktr zanjirida
R1 qarshilik qisqa tutashtirilsa R3 qarshilikdagi kuchlanish o’zgaradimi?
Javob: o’zgarmaydi.
13. Shu sxеmadagi elеktr zanjirida R2 qarshilik uzilsa R3 qarshilikdagi
kuchlanish o’zgaradimi?
Javob: Ortadi.

Javob: 6v


15. Agar E = 10V, R1 = 6, R2 = R3= 8

bo’lsa, I1 tokni aniqlang.


Javob: 0,5A.;
Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin