Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati.
Quddus Muhammadiy asarlaridan misollar keltiring
1.Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati.
XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.
Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan boʻlib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal va pechka”, “Oʻz-oʻzini tanqid” kabi dostonlarida odamlar feʼl-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar begʻaraz hajv qilinadi.
Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiydan qilgan tarjimalari oʻzbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol oʻynadi. Q. Muhammadiy hamisha bolalar kelajagi, ularning maʼnaviy kamoloti haqida qaygʻurdi. Ularning oʻqimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar boʻlishini orzu qildi va bunday deb yozdi:
Boʻlay desang bogʻbon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak,
Bariga oʻqish kerak.
Bu satrlar uning yosh avlodga nasihatidir.
2.Quddus Muhammadiy asarlaridan misollar keltiring
Quddus Muhammadiy 1941–1944 yillarda mashhur baxshi Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashgʻul boʻldi. Urushdan keyingi yillarda birinchi sheʼriy toʻplami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan soʻng, “Oʻquvchiga esdalik” (1947), “Sheʼr va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq oʻgʻil va qiz” (1951), “Bizning doʻstlarimiz” (1952), “Sen tugʻilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon doʻstlar” (1953), “Qoʻngʻizboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Toʻrt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli doʻstlar” nomli sheʼriy kitobi 1970 yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1977 yilda Quddus Muhammadiy “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi.
Dostları ilə paylaş: |