1. Qurilma va uskunalarni ta’mirlash. Uskunalarni montaj qilish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix12.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#96780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MA`RUZA MASHG`ULOT 7

17.6-rasm. Domkratlar. 
Domkratlar. Domkratlar yuklarni yaqin masofalarga kо„chirish va 
kо„tarish uchun mо„ljallangan. Ularni, shuningdek, qismlarni yig„ish va 
ajratish vaqtida turli xildagi birikmalarning detallarini presslashda va 
pressdan chiqarish zarur bо„lib qolganda qо„llaniladi. Takelaj ishlarida 
gidravlik, vintli va reykali domkratlar qо„llaniladi (17.6-rasm). 
Gidravlik domkratlar katta quvvatli hisoblanadi. Ularning yuk 
kо„tarishi 5 MN ni tashkil qiladi. Bunday domkratlar og„ir yukli uskunalar 
va metall konstruksiyalarni butunlay va tajriba asosida
о„rnatishda 
qо„llaniladi. 
Tallar. Nasoslarni, kompressorlarni va og„ir truba quvurli 
armaturalarni qiyin erishiladigan joylarda montaj qilishda tallardan 
foydalaniladi. 
Yuritma turiga qarab, tallar shesternyali va chervyakli tallarga 
bо„linadi. Tallarning asosiy yetaklovchi moslamasi bо„lib, plastinkali yoki 
payvandlangan kalibrlangan zanjirlar hisoblanadi. Tallarning tepa ilgaki 
mavjud konstruksiyalarga yoki maxsus о„rnatilgan chorpoya va uch 
oyoqlarga osib qо„yiladi. 
 
4. Uskunalarni montaj qilishda texnika xavfsizligi 
Uskunalarni montaj qilish kо„pgina sermehnat operatsiyalarni о„z 
ichiga olib, bu turli mashinalar, mexanizmlar, asboblar va moslamalar 
yordamida 
bajariladi. 
Havfsiz 
ishlash 
sharoitlari 
tasdiqlangan 
yо„riqnomalarni 
sо„zsiz 
bajarilgandagina 
amalga 
oshiriladi. 
Bu 
yо„riqnomalar montajda ishtirok etayotgan barcha injener – texnik 
xodimlarni bilimlarini tekshirish va о„qitish, tegishli ish joylarini 
tayyorlashni taxmin qilinadi. 


Uskunalarni yig„ish xuddi yerdagi kabi, ishchi holatida ham bajariladi. 
Ishchi holatida alohida xavfsizlik choralari ham qabul qilinishi kerak. 
Yig„ish va yig„ish operatsiyalarining ketma-ketligini mumkin qadar 
maqsadga muvofiq (mehnat sarfi nuqtai nazaridan) va xavfsiz (bajarish 
nuqtai nazaridan) ravishda olib borish juda muhimdir. 
Balandlikda olib boriladigan ishlarni maksimal qisqartirish zarur, 
buning uchun yerda yig„iladigan alohida bо„laklar chegaraviy yirik bо„lishi 
kerak. 
Uskunalarni va metallkonstruksiyalarni yaxlitlashtirib yig„ish maxsus 
stendlarda yoki baland bо„lmagan stelajlarda yoki joyida tayyorlangan 
podmostlar bilan amalga oshiriladi. Havozalar va stellajlar holati yaxshilab 
tekshiriladi. Ular mustahkam va chidamli bо„lishi, mustahkam tо„siq va bir 
tekis tо„shamaga ega bо„lishi kerak. Alohida holatlarda balandlikdagi yig„ish 
ishlarini bajarish qabul qilingan chizmalar bо„yicha ishlangan osma 
kajavalarda amalga oshirilishi mumkin. Osma lyulkalarni machta kallagiga 
yoki uskuna poydevoriga mahkamlab bо„lingan yuqori uchastkalarga 
mustahkam qilib osib qо„yiladi. Yuqorida ishlayotgan montajchilar 
muhofazalovchi belbog„lar bog„lab olishlari kerak. Bu belbog„lar 
konstruksiya yoki stellajning mustahkamlangan qismiga mahkamlab 
qо„yiladi. Ishlar maxsus kiyimlarda, kaskada va sirpanmaydigan oyoq 
kiyimlarida bajariladi. Asboblar majmuasi har bir montajchining sumkasida 
saqlanadi. Yig„ish ishlarini, shuningdek, payvandlash ishlarini ham bajarish 
uchun kerak bо„ladigan asboblar, ularni yuqoriga kо„tarishdan avval yaroqli 
va sinalgan bо„lishi kerak. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin