Quyidagi reaksiyalarni muvozanat tenglamasini yozing.
A) N2+H2=NH3 ; B) SO2+O2=SO3 ;
S) HCl+O2=Cl2+H2O; D) N2+O2=NO
4 mol N2 va 10 mol H2 o‘zaro aralashtirilib azotning 40% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topdi. Muvozanat paytidagi moddalarning konsentratsiyasini hisoblang. J:_________
5,4 mol CO va 4 mol O2 o‘zaro aralashtirilib is gazining 60% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topdi. Muvozanat paytidagi moddalarning konsentratsiyasini hisoblang. J:_________
Normal sharoitda 10 moldan azot va vodorod aralashtirilgan. Ammiak hosil qilish reaksiyasi muvozanat holatga kelgandan keyin, aralashmada 1 mol vodorod qolgan. Muvozanat konstantasini hisoblang J:_________
A2 + B2 = 2AB tenglama bilan ifodalangan reaksiyada muvozanat qaror topganda [A2]=0,2 mol/l, [B2]=0,3 mol/l va [AB]= 0,24 mol/l bo‘ladi. Reaksiyaning muvozanat konstanatsini toping. J:_____
NaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning muvozanat konsentratsiyalari NaCl= 1mol/l, H2SO4 =1mol/l, NaHSO4 va HCl =0,4mol/l dan. Reaksiyaning muvozanat konstantasini toping. J:_________
Quyidagi reaksiya HCl + O2 = Cl2 + H2O moddalarning konsentratsiyalari HCl=0,2mol/l, O2=0,32mol/l, Cl2= 0,14mol/l va H2O= 0,14 mol/l bo‘lsa, reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
Quyidagi reaksiyaning X + Y= Z + Q muvozanat konstantasini hisoblang.
[X]= 0,96mol/l [Y]= 0,48mol/l [Z]= 0,96mol/l [Q]= 0,96mol/l J:_________
A(g)+B(g) = C(g)+D(g) sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/ l) tenglamaga mos ravishda 6, 3, 2, 9 ga teng bo‘lsa, reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
SO2 + O2 = SO3 reaksiyasida muvozanat sharoitida [SO2]=2,35mol/l, [SO3]=8,85mol/l va
[O2]=8,02mol/l bo‘lsa, reaksiyaning muvozanat konstantasi qanchaga teng bo‘ladi. J:_________
Ushbu NO+O2=NO2 reaksiyaning muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari
[NO]=0,56mol/l, [O2]=0,28mol/l, [NO2]=0,44mol/l bo‘lsa shu reaksiyaning muvozanat konstantasini toping. J:_________
Suv bug‘i qattiq qizdirilgan temir kukuni bilan reaksiyaga kirishib, sistema muvozanat holatiga kelgan: Fe+H2O(g)=FeO+H2(g). Shu sistemada [H2O]=4,78mol/l, [H2]=7,0mol/l bo‘lsa, reaksiyaning muvozanat konstantasi qanchaga teng bo‘ladi. J:_________
Ushbu CO+O2=CO2 reaksiyaning muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari tegishli ravishda 0,56; 0,28 va 0,44 mol/l ga teng bo‘lsa, muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
2000°C haroratda karbonat angidridni uzoq vaqt qizdirish natijasida [CO2]=9,74 · 10-1 mol/l, [CO]=1,73 · 10-2mol/l, [O2]=8,63 · 10-3 mol/l dan iborat gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Shu reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
Ushbu Fe(q)+H2O(g)=FeO(q)+H2(g) qaytar reaksiyaning muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari [H2O]=0,24mol/l, [H2]=0,12mol/l bo‘lsa, shu reaksiya uchun muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
H2+N2=NH3 reaksiyasining muvozanat holati uchun quyidagilar ma’lum: [H2]=2,5mol/l; [N2]=0,04mol/l va [NH3]=0,60mol/l. Reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
Tenglamasi H2+N2=NH3 bo‘lgan reaksiyada muvozanat muvozanat qaror topgan vaqtda [H2]=2mol/l; [N2]=0,01mol/l va [NH3]=0,40mol/l bo‘lgan. Reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
Tenglamasi A+B=C+D bo‘lgan sistemadagi hamma moddalardan 2mol miqdorda aralashtirilgan. Sistemada muvozanat qaror topgandan keyin, C modda konsetratsiyasi 3 molga teng bo‘lgan. Muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
A+B=C+D reaksiyada har bir moddaning dastlabki konsentratsiyasi 2,5mol/l ga teng. J:_________
Muvozanat qaror tapgandan keyin C moddaning konsentratsiyasi 3 mol/l ga teng bo‘lsa, shu sistemaning muvozanat konstantasi qanchaga teng bo‘ladi. J:_________
Quyidagi sistema A+B=C+D da muvozanat holati qaror topganda, D modda konsentratsiyasi 1,2 mol bo‘lgan. Agar boshlanishda barcha moddalar konsentratsiyalari 0,8 moldan olingan bo‘lsa, reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
H2+N2=NH3 reaksiyada azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalari (mol/l) 1,5 , 2,5 ga teng bo‘lgan. Ammiakning konsentratsiyalari 0,5mol/l ga teng bo‘lganda azot va vodorodning konsentratsiyalarini aniqlang. J:_________
H2+N2=NH3 reksiyada vodorod va azotning dastlabki konsentraysiyalari 0,30 va 0,20mol/l ga teng. 0,24mol/l vodorod sarf bo‘lgandan keyin qaror topgan holatning muvozanat konstantasini hisoblang. J:_________
Ushbu CO+H2O=CO2+H2 reksiyadagi moddalarning ma’lum bir vaqtdagi konsentratsiyalari (mol/l) mos ravishda 0,05; 0,06; 0,4; 0,2 ga teng bo‘lgan, 60% suv reaksiyaga kirishgandan keyingi holatda barcha moddalar konsentratsiyalarini aniqlang. J:_________
Quyidagi HCl+O2 = Cl2+H2O reaksiyada moddalarning muvozanat konsentratsiyalari (mol/l) [HCl]=0,015, [O2]= 0,03, [Cl2] 0,01, [H2O]=0,01 bo‘lsa, reaksiyaga kirishgan moddalarning dastlabki konsentratsiyalarini (mol/l) toping? J:_________
Quyidagi sistemada SO2+O2=SO3 oltingugurt (IV) oksidning 70% miqdori reaksiyaga kirishib, 0,42mol oltingugurt (VI) oksid hosil bo‘lganda, muvozanat qaror topdi. SO2 ning boshlang‘ich konsentratsiyasini toping? J:_________
Cl2+CO=COCl2 reaksiyada moddalarning muvozanat konsentratsiyalari reaksiya tenglamasi tartibida 2,5; 1,8; 3,2mol/l ga teng bo‘lsa, xlor va uglerod (II) oksidning dastlabki konsentratsiyalarini toping? J:_________
Quyidagi muvozanatdagi sistemada N2+H2=NH3 moddalarning muvozanat konsentratsiyalari [N2]=0,2 mol/l, [H2]=0,3 mol/l, [NH3]=0,4 mol/l bo‘lsa, azot va vodorodning boshlang‘ich konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang? J:_________
N2+H2=NH3 reaksiyada azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalari (mol/l) 1,5 va 2,5 ga teng bo‘lgan. Ammiakning konsentratsiyasi 0,5 mol/l ga teng bo‘lganda azot va vodorodning konsentratsiyalarini hisoblang? J:_________
HCl+O2=H2O+Cl2 reksiyaning muvozanat konstantasi 4 ga teng. Muvozanat holatida [HCl]=2mol/l, [O2]=1mol/l, [H2O]=1mol/l bo‘lsa, xlorning muvozanat konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang? J:_________
Ammiakning oksidlanish reaksiya tenglamasi NH3 + O2 = NO + H2O bo‘yicha sodir bo‘ladigan jarayon muvozanat holga kelganda moddalar konsen-tratsiyalari [NH3]= 0,9 mol/l, [O2]=2 mol/l, [NO]=0,3 mol/l ga teng bo‘lgan. Muvozanat holatdafi suvning, NH3 va O2 ning boshlang‘ich konsentrat-siyalarini hisoblang? J:_________
Agar quyidagi N2 + O2 = NO reaksiyaning muvozanat konstantasi 0,04, N2 va NO ning muvozanat konsentratsiyalari mos ravishda 0,10 va 0,05 mol/l ga teng bo‘lsa, O2 ning dastlabki konsentratsiyasi qancha (mol/l) bo‘lgan? J:_________
Quyidagi reaksiyada N2 + H2 =NH3 azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 2 va 7 mol/l ga teng. Azotning 10% reaksiyaga kirishgandan so‘ng muvozanat qaror topdi. Sistemadagi azot, vodorod va ammiakning muvozanat konsentratsiyalarini hisoblang? J:_______
Quyidagi SO2 + O2 = SO3 reaksiyada qatnashuvchi moddalarning muvozanat holatidagi konsentratsiyalari (mol/l) [SO2]= 0,025, [O2]= 0,2, [SO3]= 0,05 bo‘lsa, reaksiyaga kirishgan moddlarning dastlabki konsentrat-siyalari qanday bo‘lgan? J:_________
Ushbu NO+O2=NO2 reaksiyaning muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari [NO]=0,56mol/l, [O2]=0,28mol/l, [NO2]=0,44mol/l bo‘lsa, dastlabki moddalarning boshlang‘ich konsentratsiyalarini hisoblang? J:_________
Quyidagi reaksiya HCl + O2 = Cl2 + H2O moddalarning konsentratsiyalari HCl=0,2mol/l, O2=0,32mol/l, Cl2= 0,14mol/l va H2O= 0,14 mol/l bo‘lsa, dastlabki moddalarning boshlang‘ich konsentratsiyalarini hisoblang? J:_________
Ushbu CO+O2=CO2 reaksiyaning muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari tegishli ravishda 0,56; 0,28 va 0,44 mol/l ga teng bo‘lsa, dastlabki moddalarning boshlang‘ich konsentratsiyalarini hisoblang? J:_________
Ushbu NO+O2=NO2 reaksiyaning muvozanat holatida moddalarning konsentratsiyalari [NO]=0,56mol/l, [O2]=0,28mol/l, [NO2]=0,44mol/l bo‘lsa, dastlabki moddalarning boshlang‘ich konsentratsiyalarini hisoblang? J:_________
Quyidagi reksiyaning CO(g)+H2O(g)=CO2(g)+H2 (g) muvozanat konstantasi 1 ga teng. CO va H2O larning dastlabki konsentratsiyalari 3 va 4 mol/l bo‘lganda muvozanat holatidagi har bir moddaning konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang? J:_________
HCl(g) + О2(g) = С12(g) + Н2O(g) reaktsiyada kislorodning 25% i sarflanganda kimyoviy muvozanat qaror topdi. НС1 va O2 larning dastlabki kontsentratsiyasi mos ravishda 0,9 va 0,4 mol /l bo‘lsa, O2 va С12 larning muvoza-nat kontsentratsiyalarini (mol /l) hisoblang. J:_________
CO(g) + H2O(g)=CO2(g) + H2 (g) sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/1) tenglamaga mos ravishda 6, 3, 2, 9 ga teng. Muvozanat holatdagi sistemadan 2 mol CO2 chiqarib yuborildi. CO va H2 larning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang (reaksiya hajmi 1 1 bo‘lgan idishda olib borildi). J:_________
SO2(g) + NO2(g)== SO3(g) + NO(g) sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 6; 5; 4; 7,5 ga teng. Muvozanat holatdagi sistemadan 4 mol SO3 chiqarib yuborildi. SO2 va NO larning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang (reaksiya hajmi 1 l bo‘lgan idishda olib borildi). J:_________
A(g)+B(g) = C(g)+D(g) sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/ l) tenglamaga mos ravishda 6, 3, 2, 9 ga teng. Sistemaga B moddadan 3 mol qo‘shilgandan keyin, B va D moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/1) hisoblang (reaksiya hajmi 1 l bo‘lgan idishda olib borildi). J:_________
A (g) + B(g) = C (g) + D (g) sistemada moddalarning muvozanat holatidagi kontsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 8, 6, 4 va 12 ga teng. Sistemaga B moddadan 2 mol qo‘shilgandan so‘ng, B va D moddalarning yangi muvozanat kontsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang (reaktsiya hajmi 1 l bo‘lgan idishda olib borildi). J:_________