45.Elektroliz Kuchi 3A bo’lgan tok 40 min. davomida kumush nitrat eritmasidan o’tkazilganda, katodda qancha (g) kumush ajralib chiqadi? J:_________
Tok kuchi 8A ga teng bo’lganda 2 mol suvni parchlashga qancha vaqt (soat) kerak bo’ladi? J:_________
Kadmiy sulgat eritmasidan katodda 3,36 g kadmiyni ajratib olish uchun kuchi 1,08 A ga teng bo’lgan tokni necha soat davomida o’tkazish kerak? J:_________
2,0 mol suvni to’liq parchalash uchun, kuchi 2 A bo’lgan tok qancha vaqt suv orqali o’tkazilishi kerak? J:_________
Mis nitrat tuzining suvli eritmasidan 2 soat davomida kuchi 5A bo’lgan o’zgarmas tok o’tkazildi. Bunda katodda qanday modda va qancha miqdorda ajralib chiqadi? J:_________
Kuchi 15A bo’lgan tok 15 minut davomida mis (II) xlorid eritmasidan o’tkazilganda, qancha (l, n.sh.) xlor ajraladi? J:_________
10 g o’yuvchi natriy olish uchun osh tuzi eritmasidan kuchi 2,2A bo’lgan tokni necha soat davomida o’tkazish kerak? J:_________
15 minut davomida 1,25 A kuchga ega bo’lgan tok mis (II) sulfat eritmasidan o’tkazilsa, katodda qancha (g) mis ajralib chiqadi? J:_________
Kumush nitrat eritmasidan massasi 6,72 g bo’lgan kumushni ajratib olish uchun 18 A kuchga ega bo’lgan tokni eritmadan qancha vaqt (s) davomida o’tkazish kerak? J:_________
8 soat davomida osh tuzi eritmasi orqali 2,5 A doimiy tok o’tkazilgnada anodda ajralib chiqqan mahsulot hajmini (l) hisoblang? J:_________
Qo’rg’oshin (II) xlorid suyuqlanmasidan katodda 15 g qo’rg’oshin ajralib chiqishi uchun kuchi 2,75 A bo’lgan tokni necha soat davomida o’tkazish kerak? J:_________
10 minut davomida 7 A elektr toki kadmiy sulfat eritmasidan o’tkazilganda, katodda qancha (g) kadmiy ajraladi? J:_________
Mis (II) sulfat eritmasidan 2,5 soat davomida 0,6 A tok bilan elektroliz qilinganda hosil bo’ladigan sulfat kislota massasini (g) hisoblang? J:_________
8 minut davomida xrom (III) nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda 1,56 g xrom ajralgan bo’lsa, tok kuchini toping? J:_________
45 minit davomida katodda 15 g mis ajralishi uchun mis (II) sulfat eritmasi orqali o’tkazilishi lozim bo’lgan tokning kuchini hisoblang? J:_________
Kumush nitrat eritmasidan kuchi 8 A ga teng bo’lgan tok 1/4 soat o’tganda, elektrodda necha gramm kumush ajralib chiqadi? J:_________
Kuchi 20 amper bo’lgan tok 10 minut davomi-da natriy sulfat eritmasidan o’tganda, qanday hajmdagi (l) gaz modda katodda hosil bo’lishi mumkin? J:_________
Rux sulfat eritmasini 5 soat davomida elektroliz qilinganda anodda hajmi 6 l (n.sh.) kislorod ajraldi. Tok kuchini toping? J:_________
Kumush nitrat eritmasidan kuchi 2 A tok 4 soat davomida o‘tkazildi. Inert elektrodlarda sodir bo‘lgan jarayonlarni elektron tenglamalarini tuzing. Katodda ajralgan metall massasini va anodda hosil bo‘lgan gaz hajmini (l.n.sh.) hisoblang? J:_________
Qandaydir metall sulfatining eritmasidan 45 min. davomida 6 A tok o‘tkazilish natijasida katodda 5,49g massali metall ajraldi. Metall ekvivalent massasini aniqlang? J:_________
Kumush nitrat suvli eritmasidan kuchi 2 A tok 33 min 20s davomida o‘tkazilganda kumush anod massasi qanchaga o‘zgaradi? Jarayonning elektron tenglamasini tuzing? J:_________
Natriy yodid suvli eritmasidan kuchi 6 A tok 2 soat 30min davomida o‘tkazilganda elektrodlarda ajralgan modda massasini hisoblang? Jarayonning elektron tenglamasini tuzing? J:_________
Mis (II)- sulfat suvli eritmasidan 15 min davomida 2,5 A tok o‘tkazilish natijasida katodda 0,72g massali mis ajraldi. Mis va ko‘mir anodlarda sodir bo‘ladigan jarayonni elektron tenglamalarini tuzing va tok bo‘yicha unumni hisoblang? J:_________
Kaliy ishqori eritmasi orqali 6 A tok 30 min davomida o’tkazilganda (n.sh.) qancha (ml) gaz ajraladi? J:_________
Valentligi 3 ga teng bo’lgan metall xloridi eritmasi orqali 30 min davomida 1,5 A kuchli doimiy tok o’tkazilganda, katodda 1,071 g metall ajralib chiqqan. Shu metallni aniqlang? J:_________
Kuchi 3 A bo’lgan tok 7 sekundda eritmadan 3,77 mg metallni ajratib chiqaradi. Metallning ekvivalentini hisoblab toping? J:_________
Kuchi 3 amperga teng bo’lgan teng bo’lgan elektr toki bir soatda tuz eritmasidan 7,15 g metallni ajratdi. Metallni ekvivalentini toping? J:_________
3 soat davomida metall tuzining eritmasidan kuchi 2 amperga teng bo’lgan elektr toki o’tkazilgnada 12,56 g metall ajralib chiqdi. Metallning ekvivalentini toping? J:_________
Bromid eritmasining elelktrolizidan2,5 A tok 6 minut 26 sekundda 799 mg bromni ajratadi. Bromning ekvivalentini toping? J:_________
CuSO4 eritmasidan 40 minut davomida 1,65 a kuchga ega bo’lgan tok o’tkazilsa, katodda necha gramm mis ajralib chiqadi? J:_________
Katodda 4,74 g mis ajratib olish uchun 1 soat CuSO4 eritmasidan kuchi necha amperga teng bo’lgan tok o’tkazish kerak? J:_________
Biror metallning sulfatli tuzi eritmasidan 45 min davomida kuchi 6 A ga teng bo’lgan tok o’tkazilganda katodda 5,49 g metall ajralib chiqqan. Metallning ekvivalentini toping?
3,36 g kumushni AgNO3 gan ajratish uchun 5 a kuchga ega bo’lgan tokni eritmadan qancha vaqt davomida o’tkazish kerak? J:_________
300 g 6,3%li mis (II) nitrat eritmasi uning massasi 6 g ga kamayguncha elektroliz qilingan. Hosil bo’lgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) hisoblang? J:_________
100 g 5%li mis (II) sulfat eritmasi elektrolizi eritma massasi 2,5 g ga kamayguncha davom ettirildi. Qolgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) hisoblang? J:_________
Massa ulushi 8,5% bo’lgan kumush nitratning 800 geritmasi, massasi 50 ggakamaygunchaelektrolizqilingan. Reaksiyada olingan nitrat kislotaning massa ulushini (%), inert elektrodlarda ajralib chiqqan moddalar va ular massasini (g) hisoblang? J:_________
300 g 5%li mis (II) sulfat eritmasi elektrolizi eritma massasi 6 g ga kamayguncha davom ettirildi. Qolgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) va elektrodlarda ajralgan modda massalarini (g) hisoblang? J:_________
Elektroliyordagi 300 ml 22,4%li KOH eritmasi (p=1,2g/ml) orqali elektr toki o’tkazilganda katodda (n.sh.) 89,6 l gaz ajralib chiqdi. Eritmada qolgan KOH ning foiz konsentratsiyasini aniqlang? J:_________
KNO3 ning massasi 872 g 9,17%li eritmasi elektroliz qilinganda, anodda 61 l kislorod ajralib chiqdi (t=21°C, P=80,11 kPa). KNO3 ning elektrolizdan keyingi massa ulushini (%) toping? J:_________
Nikel (II)- nitratning 113,30 g suvli eritmasi (ω=50%) elektroliz qilinganda katodda 14,75 g metall ajraldi. Anodda ajralgan gaz hajmini (n.sh.) va elektrolizdan so‘ng eritmada qolgan nikel (II)- nitrat massasini toping? J:_________
Mis sulfatning 200ml 6%li eritmasi (ρ=1,02g/ml) massasi 5g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Elektrolizdan so‘ng eritmada qancha massada mis (II)- sulfat qolgan? J:_________
Kaliy xloridning suvli eritmasi bilan to‘ldirilgan elektrolizyor orqali doimiy tok (inert elektrod) o‘tkazilish natijasida eritma massasi 3,5g ga kamaydi. Qolgan eritmani neytrallash uchun 20g sulfat kislota eritmasidan (ω=8%) sarflandi. Elektroliz jarayonida hosil bo‘lgan gaz maxsulotlarining massasi (g) qanday? J:_________
Kumush nitratning 500 g 6,8% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so’ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang. J:_________
Mis(II) sulfatning 800 g 10% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so’ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang. J:_________
Mis(II) sulfatning 1000 g 8% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 28 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so’ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang. J:_________