1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari


Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi



Yüklə 44,21 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü44,21 Kb.
#204893
1   2   3   4
1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari

2. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi
Dunyoning eng yirik kompaniyalari allaqachondan buyon turli axborot texnologiyalaridan foydalanib kelishmoqda. Biroq qandaydir platforma joriy qilish hali biznesni raqamli qilib qo‘ymaydi. Oddiy texnologik platformaning raqamli iqtisodiyot platformasidan farqi nimada? Birinchidan, raqamli iqtisodiyot platformalari tarmoq yoki sanoatning ko‘plab qatnashchilari uchun maksimal darajada qulay o‘zaro aloqalar yaratishi ko‘zda tutgan. Hozirgi kunda to‘laligicha qaror topgan ommaviy platformalarga misol keltirish qiyin, lekin kelajak aynan shunday yechimlar ortidadir. Google, Facebook, Apple, Amazon va Alibaba Group kompaniyalari ushbu g‘oyani to’laligicha amalga oshirishga eng yaqin holatdalar, ko‘plab yirik kompaniyalar bunday platformalarni yaqin vaqtlarda yaratishni rejalashtirishgan.Ikkinchidan, yanada muhimrog‘i, raqamli iqtisodiyot platformalari to‘laqonli (end-to-end) biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishi lozim.Raqamli iqtisodiyot to‘liqplatformasiuch qismdan iborat bo’lishi kerak: bular iste’molchi ekotizimlari, ishlab chiqaruvchi ekotizimlari va kommunikativ o‘zak. Iste’molchi ekotizimifunksiyasi – platformadan foydalanuvchining barcha ehtiyojalri va muhtojliklarini qondirish, uning qulayligini va funksionalligini ta’minlashdir. Ishlab chiqaruvchining ekotizim funksiyasi – biznes yuritishni yengillashtirgan va unga kirish bo‘sag‘asini pasaytirgan holda yordamchi funksiyalar bajarishini ta’minlashi lozim. Platforma o‘zagiiste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro aloqalari bo‘yicha funksionalni ham amalga oshirib, zaruriy texnologik bazis va infratuzilma ehtiyojlarini ta’minlaydi.Uchala tarkibiy qismbir-biridan mustaqil ravishda mavjud bo‘lishi mumkin va bunga muvaffaqiyatli misollarni keltirib o‘tish mumkin: iste’molchi ekotizimi sifatida ijtimoiy tarmoqlar, Alibaba Group – birinchi navbatda,ishlab chiqaruvchi ekotizimi hisoblanadi (qolgan ikkita tarkibiy qism unchalik rivojlanmagan), Uber – ekotizimlarsiz platforma o‘zagining kommunikativ o‘zagiga yorqin misoldir. Biroquchala tarkibiy qismni bitta model doirasida birlashtirish sezilarli darajada sinergetik samara olishga imkon beradi. Alibaba Group – elektron tijorat tarmoqlari infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlaydigan, qidiruv servislari, to‘lov tizimi, logistika va axborot servsislari, marketing servislari, qatnashchilarni ichki texnik qo‘llab-quvvatlash hizmatlari va shunga o’xshashlarni o‘z ichiga oladigan servislar ekotizimini tashkil qiladigan kompaniya. Uber esa taksi hizmatlariga buyurtma berish va bu hizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etadigan raqamli platforma («taksidan foydalanish istagida bo‘lganlar» va «taksichilar» o‘rtasidagi electron aloqani amalga oshiradiganlar). Eng rivojlangan ekotizimlarga misollar– amerikaning Facebook,Xitoyning_Tencent'>Google, Amazon, Facebook,Xitoyning Tencent va yuqorida aytib o‘tilgan Alibaba Group kompaniyalari bo’lishi mumkin. Amazon kompaniyasi onlayn supermarket sifatida boshlagan, lekin hozirgi paytga kelib u asosiy e’tiborni kontent taqdim etishga qaratgan vakompaniyalarga ma’lumotlar saqlash, ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidan ko‘plab servislarni o‘z ichiga oladigan bulutsimon IT-infratuzilma tashkil qilish (2-rasm), hisoblash resurslari taqdim etish, ma’lumot va xabarlar almashinish va shunga o’xshash imkoniyatlarni beradigan ekotizim yaratgan.
Google kompaniyasi ishni qidiruv mashinasi sifatida boshlagan, lekin hozirgi paytga kelib, tajribali foydalanuvchiga yagona kirish oynasi, elektron pochta, jug’rofiy kartalar, brauzer, ma’lumotlar ombori, virtual video va musiqa servislari orqali ochiq bo‘lgan yagona oyna orqali ko‘plab servislarini taqdim etadian ekotizim tashkil qilgan. Facebook kompaniyasi ishni ijtimoiy tamroq sifatida boshlagan, lekin hozirgi paytda istalgan shaxsiy ehtiyojlarni amalga oshirish imkonini beradigan to‘qqiz milliondan ortiq ilovalar va hizmatlarni o‘z ichiga olagan ekotizim yaratgan. Facebook va Google platformalari integratsiyasihar bir foydalanuvchi imkoniyatlarining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Tencent –Xitoyning eng yirik IT-kompaniyalari va internet-provayderlaridan biri bo‘lib, o‘z operatsion tizimi, mobil platformasi, muloqot servislari, o‘yinlari, internet portali, elektron tijorati, to‘lov tizimi, B2B segmenti uchun servislarni o‘z ichiga oladigan ekotizim tuzgan.Foydalanish qulayligi har qanday ekotizim uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qulaylik uning barcha tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liqligi bilan belgilanadi: foydalanuvchi avtorizatsiyasi bitta oynasi, ilovalarning bir-biri bilan «yumshoq» birikishi, barcha va xilma-xil aloqa kanallari orqali servislar sifati va bir xil ochiqlish va boshqalar.
Barcha asosiy iqtisodiy qonunlar va metrikalar (jumladan, YIM) XIX-XX asrning birinchi yarmida ifodalangan va joriy qilingan bo‘lib, real sektorni (ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni) yaxshi tavsiflaydi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, nomoddiy ishlab chiqarish va hizmatlar sektori sezirlarli darajada rivoj topdi va iqtisodiyotning asosiy sektoriga aylandi. Nomoddiy sohada ishlab chiqarish va iste’mol xususiyatlari jiddiy farq qiladi, lekin insoniyat yangi iqtisodiyotni to‘g‘ri tavsiflash uchun mos keladigan nazariy asoslar yaratmagan (yoki yaratishni istamagan). Buning o‘rnigaiqtisodiyotni tavsiflashning odatiy shakllariga kiritish imkoniga ega bo‘lish uchun nomoddiy sohani mavjud metrikalar va ko‘rsatkichlarga «keltirish»ga imkon beradigan uslubiyatlar yaratilgan va muntazam qayta ko‘rib chiqilgan. Ma’lum bir vaqt intervalida bu harakatlar maqbul keladigan natijalar bergan, lekin nomoddiy sektor iqtisodiyotning real sektoridan ortib ketmagunga qadar bu ish ijobiy bo’lgan. Yana bir hususiyat zamonaviy iqtisodiyot faniniga haddan tashqari siyosiy ruh berilganligi va uning xolis emasligi bo‘lib, bu umumiy manzaraning ataylab buzib ko‘rsatilishiga olib keladi (masalan, YIM hisob-kitob qilish uslubiyatini doimiy qayta ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘qligi sababli).Yangi nazariyani shakllantirishda asosiy masalalardan biri, mos keladigan integral ko‘rsatkichlar tanlash va raqamli iqtisodiyotga mos bo’lgan yangicha metrikalarni shakllantirish hisoblanadi.
Iqtisodiyotda yangi tendensiyalar va hodisalarni tahlil qilishga kuchli e’tibor qaratib, hamda Nicholas Negroponte, Chris Meyer, Mohanbir Sawhney, Daniel Spulber, Don Tapscott, Steve Jurvetson, Patricia Seybold kabi amerikalik tadqiqotchilarning asarlariga tayangan holda, mualliflarning «yangi iqtisodiyot» (New Economy), «iqtisodiyot 2000», «internet iqtisodiyoti» (Internet Economy), «Net iqtisodiyot», «Web iqtisodiyot», «raqamli iqtisodiyot», «elektron tijorat» (E-economy, E-business), «nomoddiy iqtisodiyot», «buyum ko‘rinishida bo‘lmagan iqtisodiyot» kabi atamalardan foydalangan holda zamonaviy iqtisodiyotning yangi jihatlarini tavsiflashga intilishini qayd etish mumkin. Ushbu atamalarko‘pincha global elektron tarmoq (Network) shakllanishi, shaxsiy kompyuterlarning global tarqalishi, dasturiy ta’minotni (Software)yaratish va uzluksiz takomillashtirish, axborot texnologiyali va raqamli texnologiyalar rivojlanishi, IT-kompaniyalarning nomoddiy mahsulot va hizmatlarini ishlab chiqarish bilan asoslanadigan iqtisodiyotdagi yangi hodisalarni ko‘rib chiqishda sinonim sifatida foydalaniladi.Ushbu sohadagi mavjud tadqiqot natijalariga tayanib, raqamli iqtisodiyot predmetli sohasining quyidagi ta’rifini taklif qilish mumkin: “raqamli iqtisodiyot – mavjudlikning texnoraqamli shakli bo’lib, tovar va hizmatlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimli yig‘indisidir. Iqtisodiy munosabatlarning texnoraqamli tabiatiraqamli iqtisodiyotni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilar hisoblanadi.

Yüklə 44,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin