`
62
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
TILNING PAYDO BO`LISHI HAQIDAGI DASTLABKI NAZARIYALAR VA
ULARNING TADQIQI
Ziyodillayeva Mahbuba Ermatovna
BuxDTI, ingliz tili kafedrasi o`qituvchisi,
E-mail:mahbubaermatovna@gmail.com Tel: +998997740280
https://doi.org/10.5281/zenodo.7088861
Annotatsiya:
Bugungi kunda asosiy aloqa vositasi
hisoblangan til bundan bir
necha ming yillar oldin ancha sodda shaklda paydo bo`lgan edi. Ushbu maqolada
til paydo bo`lishi borasidagi nazariyalar tahlili bayon qilinadi va ularning tarixi
batafsil tanishtiriladi.
Tayanch tushunchalar:
Davomiylik nazariyasi,
Spontan nazariya, Noam
Xomskiy, Charlz Darvin,
Maykl Tomasello, homo habilis,
homo erektus, Maks
Myuller, kakku nazariyasi.
Hozirgi vaqtda insonlar orasida asosiy aloqa vositasi hisoblab kelinayotgan
til bundan bir necha ming yillar oldin ibtidoiy odamlar nutqida bir nechta
tovushlar talaffuzi timsolida namoyon bo`lgan edi. Inson evolutsiyasi jarayonida
sayqallanib o`zining hozirgi mukammal va rangba-rang ko`rinishiga ega bo`ldi.
Tilning paydo bo`lishi bir nechta taxminiy nazariyalarga asoslanadi:
1
-
“Davomiylik nazariyasi”
odamning primat ajdodlari orasidagi tilning
vujudga kelishidan oldingi muloqotning
rivojlanishi kabi murakkab
sotsiolingvistik jarayon natijasida til paydo bo`lgan degan gipotezani
ilgari suradi;
-
“Spontan nazariya”
esa davomiylik nazariyasiga qarama-qarshi bo`lgan
g`oyani ya`ni odam evolutsiyasi jarayonidagi tasodifiy hodisa natijasida
til paydo bo`lgan degan nazariyani qo`llab-quvvatlaydi;
-
Ayrim nazariyalar tilga tabiiy genetik jarayonlar natijasi sifatida qaraydi;
-
Bundan tashqari tilga ijtimoiy muloqot asosida o`rganiladigan ma`naviy
sistema sifatida qarovchi bir nechta qarashlar ham mavjud.
2018-
yilda ko`pchilik lingvistik olimlar “davomiylik nazariyasi” tarafdorlari edi,
lekin ular til rivojlanishini qanday gipotezalashtirishda
farqli xususiyatlarni
ko`rsatadilar. Tilni asosan tug`ma xarakterga ega deb hisoblovchilar orasida
ba`zilar inson bo`lmagan primatlarning til xususiyatlarini to`la
ochib bera
olmasliklarini aytadilar hamda til evolutsion taraqqiyot natijasi ekanligini
1
Ulbæk, Ib (1998).
James R Hurford; Michael Studdert-Kennedy; Chris Knight (eds.). The
origin of language and
cognition. Approaches to the evolution of language : social and cognitive base. Cambridge, UK; New York: Cambridge
University Press. pp. 30–43.