MA’RUZA – 1
Kirish. Raqamli texnikada qo’llaniladigan sanoq sistemalari va asosiy mantiqiy
elementlar
REJA:
1.
Raqamli texnikada qo’llaniladigan sanoq sistemalari
2.
Raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari
Tayanch so’zlar:
Sanoq tizimi, mantiqiy element.
Ushbu o’quv kursida raqamli texnologiyada qo’llaniladigan sonlar tizimi, razryad
og’irligi, raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari
va ularning kombinatsiyalari, ular
asosida sxemalar yig’ish va ularni soddalashtirish usulari va boshqa elementlari ko’rib chiqiladi.
Kompyuter texnologiyasi bo’yicha ularning tuzilishi va uni elementlarining asosiy vazifalari,
axborot texnologiyasi va tizimlari haqida, yo’nalishning andozaviy dasturiy vositalari,
hamda
elektromexanik tizimlarni avtomatik boshqarish tizimlarini xisoblash va tadqiqot qilish uchun
sonli metodlar hamda maxsus dasturlar majmuasini usullari ko’rib chiqiladi.
Fanning o’qitishdan maqsad - talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni
dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganish bo’yicha
yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir.
Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizimlarning mehnat unumdorligini oshirish va sifatli
mahsulot ishlab chiqarish ushbu sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasiga bevosita
bog’liqdir. Sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasi bu qurilmalarning zamonaviy va
energetik ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan texnika vositalari bilan
jixozlanishi hamda ishlab
chiqarishni boshqarishni dasturiy tizimini yaratish bilan belgilanadi. Sanoat qurilmalari ishchi
organlarini harakatlantiruvchi va ularni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining
asosini dasturiy boshqarish tashkil etadi.
Dasturiy boshqarish tizimlari (DBT) ning tashkil etuvchi elementlariga ishchi mashinaning
ijrochi organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uning koordinatalarini boshqaruvchi
boshqariluvchi o’zgartkich, o’zgartkichning boshqaruv tizimi va turli o’lchov o’zgartkichlar,
vazifalovchi qurilma hamda turli elektron moslama va qurilmalar kiradi. Biroq zamonaviy DBT
ni loyihalash, tahlil qilish va yaratish jarayonida maxsus hisoblash
tizimlari hamda konkret
boshqariv ob’yekti uchun dasturiy ta’minotni bilish talab etiladi. «Dasturiy va raqamli
boshqarish» fanning asosiy vazifalaridan biri texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni
dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganishdan
iboratdir.
«Dasturiy va raqamli boshqarish» fani boshqa umumiy texnika fanlarga asoslangan xolda
alohida fan sifatida yuzaga kelgan va oliy ta’limning «Elektrotexnika,
elektromexanika va
elektrotexnologiyalar (mashinasozlik)» bakalavriatura yo’nalishining ixtisoslik fanlari blokiga
kirib, talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari,
boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganish bo’yicha yo’nalish profiliga mos
bilimlar darajasini ta’minlashga amaliy manba bo’lib xizmat qiladi.
«Raqamli va dastur boshqarish» fanini o’qitishdan maqsad talabalarni elektr texnik, elektr
mexanik va elektr texnologik ob’yektlarni boshqarish tizimlarini
loyixalashda zamonoviy
kompyuter va raqamli texnika vositalarini qo’llashga o’rgatishdan iborat.
Ma’lumki, elektr texnik, elektr mexanik va elektr texnologik ob’yektlarni ifodalovchi
matematik modellarni yuqori o’lchamliligi va chiziqsizligi,
boshqarish algoritmlarini
murakkabligi raqamli hisoblash texnikasi vositalarini keng qo’llamasdan turib, mazkur
ob’yektlarni avtomatik boshqarish tizimlarini (ABT) yaratish juda qiyin.
Fanni o’qitishning vazifasi talabalarni mavjud bo’lgan raqamli va axborot
texnologiyalarini asoslari hamda tayyor dasturlar vositalari bilan tanishtirish va kelgusida
elektromexanik tizimlari ABT ni xisoblash va tadqiqod qilish uchun maxsus dasturlar majmuasini
(MDM) tuzishdan iborat. Ushbu fan «Informatika» kursida o’tilgan bilimlarga asoslanadi. Bunda
talabalar
informatsiya, xotira, raqamli texnikaning qurilmalari, fayl, dastur, tarmoq va boshqa
tushunchalarga ega bo’lishi kerak.
Texnikaga aloqador bo’lmagan insonlar robotlar, EHMlar, kalkulyatorlar va boshqa
elektron qurilmalarga qandaydir, tagiga tushunib etish qiyin bo’lgan ob’yekt deb qarashadi.
Aslida esa bu qurilmalar aniq mantiq qonunlari asosida ishlaydi.
Mantiqiy elementlar har qanday raqamli sxemalarnng asosini tashkil qiladi. Biz ko’rib
chiqadigan mantiqiy elementlar ikkilik sanoq sistemasidagi raqamlar bilan ishlagani uchun ikkili
mantiqiy elementlar deyiladi. Mantiqiy elementlarni oddiy uzgichlarda, releda,
tranzistorlar,
diodlar va integral sxemalarda (IS) yig’ish munkin. Arzonligi, ixchamligi va keng tarqalgani
tufayli ko’pgina mantiqiy elementlar IS larda yig’iladi.