Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə1/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
tERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA instituti
ENERGETIKA VA konchilik ishi fakulteti
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA ELEKTROTEXNOLOGIYA” kafedrasi
ELEKTR MASHINALARI fanidan


MA’RUZA mashg‘ulotlar





TERMIZ-2022

TASDIQLAYMAN”


Termiz muhandislik-texnologiya instituti
oʻquv –uslubiy Kengashida
koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan
Kengash raisi­____________J.Avazov
№______ «_____» _______ 2022 - yil.


«MAQULLANGAN»
«Energetika va konchilik ishi» fakulteti
kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan
Kengash raisi____________ B. Xushboqov

№______ «_____» _______ 2022 - yil.




«TAVSIYA ETILGAN»
“Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasi
yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri ______________ F. Omonov

№______ «_____» _______ 2022 - yil


Tuzuvchilar:


F.Xursanov- “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasi assistenti
D.Saparov- “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasi assistenti

Taqrizchilar:


B.X. Xushboqov - TMTI “Energetika va konchilik ishi” fakulteti dekani t.f.n.dots.

Q.X.Bobomurodov-TMTI “Avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi f.m.f.n.dots.





Tranformatorning yordamchi elementlari


Transformatorning baki, gaz relesi, gaz chiqaruvchi truba va kengaytiruvchi bak, forforli izolyatorlar uning yordamchi elementlarini tashkil etadi.


Transformatorlarning bakini o‘lchamlari transformatorni loyixalashda xisoblanadi va konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi. Transformatorning quvvatiga muvofiq ravishda tekis devorli, trubali va radiatorli baklar qo‘llanilishi mumkin.
xozirgi zamon moyli kuch transformatorlarini sovutish uchun aktiv qismlari, yaoni magnit o‘zak va unga maxkamlangan cho‘lg‘amlar, moyli bakka joylashtiriladi. Bunda cho‘lg‘amlar va magnit o‘zak o‘z xaroratini xarakatlanayogan (aktiv qismni yuvayotgan) moyga uzatadi. Moyning xarakati bakning turli joylaridagi moy xaroratlarining farqi natijasida xosil bo‘ladi. Chunonchi, qizigan moy yuqoriga xarakatlanib, uning o‘rnini maxsus sovutgichlardan kelayotgan sovuq moy egallaydi. Sovutgichlarga esa qizigan moy keladi, shu tariqa, moyning tabiiy sirkulyatsiyasi (berk kontur bo‘ylab xarakati) yordamida transformatorning cho‘lg‘amlari va magnit o‘zaklari tabiiy sovutiladi. Bakning tuzilishi va shakli transformatorning qizishini xisoblash bilan uzviy boliqdir. Bakning materialini mustaxkamligi moyning 0,5 atmosfera bosimiga bardosh bera olishi shart. U ildirakli aravachaga joylashtiriladi va transformatorning to‘la oirligiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Transformatorning quvvati oshgan sari uning sovutish sharoitlari murakkablashadi. Shu tufayli bakning tuzilishi xam o‘zgarib boradi. Masalan:
a) quvvati 30 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarning baki eng sodda tuzilgan yaoni tekis devorli bo‘ladi;
b) quvvati 3000 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarda trubali baklar qo‘llaniladi. Bunda bakning devorlariga diametri 50 mm, devorining qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan po‘lat trubalar 1  3 qator vertikal xolatda payvandlanadi;
v) quvvati 10000 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarning baklariga tabiiy sovutuvchi radiator-sovutgichlar o‘rnatiladi;
g) quvvati 10000 kVA va undan katta transformatorlar xavo purkagichlar yordamida sovutiladigan radiatorlar o‘rnatiladi.
GES larda o‘rnatiladigan transformatorlarning moyini sovutish uchun maxsus sovutgichlardagi suvdan foydalaniladi. Bu xolda moyning sunoiy (majburiy) sirkulyatsiyasi nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi sovutgichlar qo‘llangan transformatorlarning o‘lchamlari boshqalarnikidan ancha kichik bo‘ladi.
Transformatorlarning yuklanishini ortib ketishidan va ichki qisqa tutashuv xolatlaridan ximoyalash uchun gaz relesidan foydalaniladi. Gaz relesi ikkita qalqovichdan iborat bo‘lib, ularning ichiga kontaktlarini ulash uchun suyuq metall quyiladi. Suyuq metall sifatida asosan simobdan foydalaniladi.
Gaz chiqaruvchi trubalar transformator bakining o‘ta yuklanish va qisqa tutashuv rejimlarida moydan ajralib chiqqan gaz xisobiga xosil bo‘lgan bosim taosirida deformatsiyalanishi va yorilib ketishidan ximoya qiladi. Gaz chiqaruvchi trubalar asosan trubadan va shisha membranadan iborat. Transformatorning kengaytiruvchi baki, moy zaxirasi sifatida qo‘llaniladi. Bakdan tekshirish uchun olingan, payvandlangan choklarini buzilishi natijasida oqib ketgan, ustki qopqoq prokladkasidan sizib chiqqan moylarni o‘rnini kengaytiruvchi bakdagi moy zaxirasi yordamida to‘ldiriladi. Kengaytiruvchi bakning yon tomonida o‘rab turgan muxitning xarorati o‘zgarganda, transformatorning bakidagi moyning satxi qancha bo‘lishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatgich o‘rnatilgan. Transformatorning cho‘lg‘amlarini manbaga va isteomolchilarga ulash uchun forfordan yoki shishadan tayyorlangan izolyatorlardan foydalaniladi. Izolyatorlarning o‘lchamlari transformatorning kuchlanishiga va quvvatiga asosan xisoblanadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin